UzAuto Motors

UzAuto Motors savdosi qulab tushdi

Реклама

2025 yilning birinchi choragida O‘zbekistonda yangi avtomobillar savdosi 12,8% ga kamaydi. Bozorning qulashiga asosiy sabab — Chevrolet brendi savdosining 19,31% ga pasaygani. Hatto Tracker va Onix uchun e’lon qilingan “foizsiz” bo‘lib to‘lash ham holatni qutqara olmadi.

Chevrolet savdosi kamaymoqda: marketing aksiyalari foyda bermayapti

O‘zavtosanoat ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yil yanvar–mart oylarida Chevrolet avtomobillarining savdosi 62 260 donani tashkil etdi. 2024 yilning shu davrida bu ko‘rsatkich 77 164 edi. Shu fonda esa:

  • Kia savdosi +54,95% ga oshdi,
  • BYD — +22,61%,
  • Haval — +283,15% (past bazadan boshlangan o‘sish, brend yaqinda kirib keldi),
  • Chery barqaror savdo ko‘rsatkichlarini saqlab qolgan.

Ko‘rinishidan, UzAuto Motors savdolarni imtiyozli avtokreditlar yoki «foizsiz» bo‘lib to‘lash shartlari bilan ham saqlab qola olmayapti. Eng ommabop model — Chevrolet Cobalt — ochiq sotuvda yo‘q, zavod esa arzon segmentdagi talabni qondira olmayapti.

Реклама
BrendlarYanvar–mart 2024Yanvar–mart 2025O‘sish
Chevrolet77 16462 260🔻 –19,31%
Kia3 5055 431🟢 +54,95%
BYD3 2994 045🟢  +22,61%
Chery1 7801 782🟢  +0,11%
Haval3681 410🟢  +283,15%
Jami (boshqa brendlar bilan)86 43975 353🔻 –12,8%

2025 yilda eng ko‘p xarid qilingan modellari qanday?

Eng ko‘p sotilgan modellarda o‘zgarish yo‘q — yetakchilar qatorida Cobalt, Damas va Tracker.

O‘rinModelSotilgan soni
1Chevrolet Cobalt29 017
2Chevrolet Damas15 424
3Chevrolet Tracker7 152
4Chevrolet Labo5 851
5Chevrolet Onix4 055
6Kia Sonet3 922
7BYD Song Plus DM-i Champion1 438
8BYD Chazor927
9BYD Song Pro DM-i802
10Chery Tiggo 7 Pro730

Raqobatchilar savdosi oshib borayotgan bir vaqtda Chevrolet o‘z ulushini yo‘qotmoqda — ishlab chiqarish quvvati va ma’muriy resurslarga ega bo‘lishiga qaramay. UzAuto Motors nafaqat norasmiy yo‘l bilan kirib kelayotgan Xitoy elektromobillariga, balki rasmiy o‘rtacha narxdagi avtomobillarga ham haqiqiy raqobatchi taklif qila olmayapti.

[wd_hustle id=telegram type=embedded]

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Back to top button