UzAutoMotors va GM Uzbekistan Yangiliklari

Tonirovka Bepul

endi orqa yon oynalarni bepul qoraytirishingiz mumkin.

Реклама

Avtomobilning orqa yon oynalarini qoraytirish tekin bo‘ladi, old va orqa yon oynalarni to‘liq qoraytirish to‘lovlari 6 barobargacha arzonlashtiriladi. “Bu hali boshlanishi” deya e’lon qilgan prezident odamlarni qiynayotgan va ahamiyatini yo‘qotgan boshqa tartib va cheklovlarni ham bekor qilish ustida ishlar ketayotganini aytdi.

Tonirovka Narxlari

Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, 1 iyuldan boshlab:

  • avtomobilning orqa yon oynalarini qoraytirish to‘lovlari bekor qilinadi, ya’ni bepul bo‘ladi;
  • old va orqa yon oynalarni to‘liq qoraytirish to‘lovlari 6 barobargacha arzonlashtiriladi;
  • ishlab chiqarilganiga 10 yildan ko‘p bo‘lmagan yengil mashinalarni majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibi bekor bo‘ladi.

Orqa oynalarni tonirovka  bepul

1 iyuldan avtomobillarning orqa yon oynalarini qoraytirish uchun ruxsat olish talabi bekor qilinadi. Bu haqda davlat rahbari matbuot kotibi Sherzod Asadov O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 28-iyundagi qaroriga tayangan holda ma’lum qildi.

Endi orqa yon oynalarni qoraytirish uchun ruxsatnoma 5 BRD – 1,5 million so‘mga tushadi.

Реклама

To‘liq qoraytirish esa old oynadan tashqari 50 BRV – 15 million so‘m turadi.

Shavkat Mirziyoyev o‘z qarori bilan orqa yarim sharni qoraytirishni bepul qildi, endi old eshiklar oynalarini qoraytirishga ruxsat berish uchun 6 barobar kamroq pul to‘lash kerak bo‘ladi.

Bundan tashqari, prezident 10 yoshgacha bo‘lgan avtomobillarni texnik ko‘rikdan o‘tkazishni bekor qildi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Back to top button