UzAutoMotors va GM Uzbekistan Yangiliklari

UzAuto Motors: Prezident topshirig‘i o‘z vaqtida bajarilmoqda

UzAuto Motors prezidentning navbatlarga qarshi kurash bo‘yicha topshirig‘i bajarilgani haqida ma’lum qildi – xaridorlar o‘tgan yili sotib olingan avtomobillarni 1 mayga qadar olishadi.

Реклама

UzAuto Motors 2020-yilda 280 000 dan ortiq avtomobil ishlab chiqarib o‘zining tarixiy
ishlab chiqarish rekordini yangiladi va shu tariqa barcha modellarning erkin sotilishiga
erishdi. Ammo pandemiya va global mikrochiplar tanqisligi o’z tuzatishlarini kiritib 2021
yilda ishlab chiqarish hajmini kamaytirdi. Bu esa 2022 yil boshida xaridorlarga 89 300 dan
ortiq avtomobil qarzdor bo‘lishiga olib keldi.

15 fevral kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida avtomobil sanoati masalalariga
bag’ishlangan yig’ilishda bir qator muhim qarorlar qabul qilindi. Xususan, davlat rahbari
joriy yilning 1 mayiga qadar avtomobil sotib olishda yuzaga kelgan navbatlar bilan bog’liq
muammolarni to’liq bartaraf etish bo’yicha topshiriq berdi.

Shubhasiz, kompaniya bozorni kerakli miqdordagi avtomobillar bilan to’ldirish uchun
barcha sa’y-harakatlarni amalga oshirmoqda. Zavod har kuni konveyerlardan 1 000 dan
ortiq avtomobil ishlab chiqarib, to’liq quvvat bilan ishlamoqda.

Реклама

Mart-aprel oylarida ishlab chiqarish hajmini oshirish uchun qo’shimcha 4200 dona
avtomobil ishlab chiqarish uchun havo yo‘llari orqali 656 tonna butlovchi qismlar olib
kelindi. “Uzbekistan Airways” AJ bilan kelishilgan holda, eng muhim avtokomponentlarni
yetkazib berish uchun charter reyslari tashkil etildi.

Ishlab chiqarishning uzoq muddatli pasayishiga mikrochiplarni o’zida mujassam etgan
komponentlarning oldindan yaratilgan zaxirasi yo’l qo’ymadi. Yuk tashish muammolari
hukumat darajasida hal qilindi. Logistika zanjirlarini optimallashtirish Koreya
Respublikasidan butlovchi qismlarni yetkazib berish vaqtini 45 kundan 38 kungacha
qisqartirish imkonini berdi, Xitoydan yuklarni temir yo’ldan avtomobilga o’tkazish esa
tranzitni 55 kundan 20 kunga qisqartirdi.

Ushbu va boshqa misli ko’rilmagan chora-tadbirlar avtomobil butlovchi qismlarini maksimal
darajada yetkazib berishga imkon berdi, bu esa o’z navbatida zavodning uzluksiz ishlashini
ta’minladi. GM International prezidenti Stiven Kifer va boshqa bir qator mikrochip ishlab
chiqaruvchilar bilan olib borilgan muzokaralar yarimo‘tkazgichlarni qo‘shimcha yetkazib
berish (yetkazib berilgan mikrochiplar hajmi 14 mingdan 20 mingga oshirildi) va inqiroz
davrida prognoz qilinganidan ko‘proq avtomobil ishlab chiqarish imkonini berdi.

Hamkorlar bilan olib borilgan muzokaralar natijasida, shuningdek import qilinadigan Lacetti
avtomobili uchun butlovchi qismlar yetkazib berish hajmini 6 000 donadan 8 000
donagacha, Damas avtomobili uchun esa 6 000 donadan 8 000 donagacha oshirildi.

Bundan tashqari, ishlab chiqarish hajmini oshirish imkonini beruvchi 30 dan ortiq
yetishmayotgan butlovchi qismlarni yetkazib beruvchilar bilan kelishuvga erishildi.
Ishlab chiqarish uskunalarini modernizatsiya qilish va texnologik jarayonlarni
optimallashtirish natijasida UzAuto Motors’ning ishlab chiqarish quvvatlari ham sezilarli
darajada oshirildi. Xususan, Lacetti avtomobillarini payvandlash liniyalaridagi jarayonlarni
optimallashtirish hisobiga kunlik ishlab chiqarish hajmi 28 foizga oshdi.

Cobalt avtomobillarini ishlab chiqarishda texnologik jarayonlarni takomillashtirish va
robotlashtirish orqali ushbu modelning kunlik ishlab chiqarish quvvati 22,5 foizga oshirildi.
Bundan tashqari, quritish pechini kengaytirish va kuzovning pastki himoya qatlamini qayta
ishlash jarayonini yaxshilash orqali bo‘yoqlash sexining takomillashtirilishi natijasida, ishlab
chiqarishni 15 foizga oshirishga muvaffaq bo’ldi. Natijada Asaka zavodida Lacetti/Cobalt/Spark avtomobillarini ishlab chiqarish oyiga 19 200, Xorazm zavodida esa Damas/Labo
avtomobillarini ishlab chiqarish 9 000 donaga yetkazildi.

Bundan tashqari, UzAuto Motors tomonidan avtomobil egalariga yetkazib berish muddatini
qisqartirish uchun joriy yilning may oyidan boshlab xaridorlarga ham yetkazib beriladigan
yangi komplektatsiyadagi Cobalt avtomobilini ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish
rejalashtirilgan.

Pandemiyaga qadar bo‘lgan ishlab chiqarishga erishish bugungi kunga kelib, yil boshida
shartnoma tuzilgan avtomobillar umumiy sonining 92 foizini (82 300 tadan ortiq
avtomobil) iste’molchilarga shartnomada ko‘rsatilgan muddatdan bir necha oy oldin
topshirish imkonini berdi. Ishlab chiqarilgan 2 700 dan ortiq avtomobil iste’molchilarga
yetkazib berish jarayonida, qolgan 4 300 donasi esa ishlab chiqarish jarayonida, bu
topshiriqni 30 aprelga qadar bajarilishini ta’minlaydi. Umuman olganda, 2022-yil boshidan
hozirgi kunga qadar egalariga 104 000 dan ortiq avtomobil (shu jumladan premium
segment) topshirildi, bu avtomobil zavodining umumiy ishlab chiqarish hajmining 1/3
qismidan ko‘prog‘ini tashkil etadi.

Joriy yilning mart oyidan dastlabki to‘lov miqdorining 85 foizdan 50 foizgacha pasaytirilgan
holda kontraktatsiyaning qayta tiklanishi, shuningdek, avtomobillar narxining barqarorligi
ularni foydali sarmoya vositasiga aylantirdi va talabning keskin oshishiga olib keldi. Qayta
sotish maqsadida avtomobil sotib olayotgan shaxslarning yuqori faolligi kompaniyani
shartnoma shartlariga bunday mijozlarga avtomobillarni yetkazib berishni qo‘shimcha 4
oyga kechiktirish huquqini kiritishga majbur qildi, bu esa ularning sezilarli darajada
qisqarishiga olib keldi.

Avtomobillarga bo’lgan talabning g’ayritabiiy o’sishiga sezilarli hissa qo’shish, asosan,
mahalliy avtomobillar narxining dollar ekvivalentida sezilarli darajada pasayishi bilan
bog’liq. Shu bilan birga, Davlatimiz rahbari topshirig‘iga ko‘ra, joriy yilning fevral oyidan
boshlab import qilinadigan avtomobillar uchun bojxona to‘lovlari 2 barobardan ziyodroqqa
pasaytirildi. Avtomobil bozorini liberallashtirish, shuningdek, ichki bozorda raqobatchilar
keng doirasining mavjudligi Chevrolet avtomobillarining ommaviyligini kamaytirmadi: agar
2021-yilning mart-aprel oylarida avtomobil sotib olish bo‘yicha 33,4 mingga yaqin
shartnoma tuzilgan bo‘lsa, joriy yilda bu ko‘rsatkich qariyb 82 mingtani tashkil etdi (o‘sish
sur’ati 2,4 barobar).

Global va geosiyosiy inqirozlar sharoitida kompaniya tomonidan ko’rilgan barcha chora-
tadbirlar mijozlar oldidagi majburiyatlarni o’z vaqtida yopish va “zahira” tashkil etish
imkonini berdi – hozirda dilerlik markazlarida 2000 ga yaqin avtomobillar, shu jumladan,
1000 dan ortiq Nexia avtomobillari mavjud.

2 Комментариев

  1. Мана 2-май халиям автомобилларимизни олмадик. Нимага одамларни алдайсизлар. Шартнома 2021 йили 16-декабарьда шартнома олгандик Жентрага 1700 очередь хали мошинамиздан дарак йўқ

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Back to top button