UzAutoMotors va GM Uzbekistan Yangiliklari

Tracker 2 birinchi partiyasi UzAuto Motors zavodida yig‘ildi

Реклама

UzAuto Motors zavodi 2022-yil yozida Chevrolet Tracker-2’ni seriyali ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda.

Yaqinda sotuvga mo‘ljallanmagan, yo‘l va iqlim sinovlaridan o‘tkaziladigan 16 ta avtomobildan iborat birinchi partiya yig‘ildi.

“UzAuto Motors” AJ Asaka shahridagi zavodida yangi Chevrolet Tracker-2 avtomobilini seriyali ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishga tayyorgarlikning navbatdagi bosqichi boshlandi.

Реклама

Test sinov tariqasida ishlab chiqarilgan Tracker avtomobillari “Non saleable”, ya’ni “Sotuv uchun moʻljallanmagan”. Sotuv uchun mo’ljallanmagan avtomobillarning ishlab chiqarilishi, yig’uv jarayonidagi barcha zaruriy bosqichlarni sinab ko’rish hamda qayta ishlash imkonini beradi.

Tracker 2 birinchi partiyasi UzAuto Motors zavodida yig‘ildi - 1

Tracker avtomobili ishlab chiqarilishini yoʻlga qoʻyishga tayyorgarlik jarayonida sinov uchun 16 dona avtomobil ishlab chiqariladi. Keyinchalik ushbu avtomobillar notekis yo’lda harakatlanish va iqlim sharoitiga moslashuvchanligi tekshiruvdan o’tkaziladi.

– Ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish va sinovdan o‘tkazishga tayyorgarlikning barcha bosqichlari reja asosida olib borilmoqda, kamchiliklar aniqlanmadi, – deydi loyiha rahbari Tolibjon Samsoqov.

Avval xabar berilganidek, “UzAuto Motors” AJ joriy yilning yozida Chevrolet Tracker-2 avtomobilini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda.

Avtomobil LED yoritgichli kunduzgi chiroqlar, rangli 8 dyumli sensor displey Chevrolet MyLink, 6 dinamikli multimedia tizimi, koʻpfunksiyali rul, konditsioner, panoramali lyuk va orqa oyna istish tizimi, old va orqa oyna elektropodyomnik bilan jihozlangan.

Chevrolet Tracker avtomobili 6 ta xavfsizlik yostiqchalari, orqa koʻrinish kamerasi, shinalar bosimi monitoringi tizimi, barqarorlikni nazorat qilish tizimi (ESP), tormoz (ABS) tizimi, tepalikka ko’tarilishga yordam tizimi (HSA), orqa parktroniklarva bolalar o’rindig’i Isofix xavfsizlik texnologiyalariga ega.

Tracker 2 birinchi partiyasi UzAuto Motors zavodida yig‘ildi - 2

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Back to top button