UzAutoMotors va GM Uzbekistan Yangiliklari

Savdoning birinchi kunida shartnomalarning yarmidan olib-sotarlar tomonidan tuzilgan

Savdoning birinchi kunida 52% moshinalar olib-sotarlar tomonidan tuzilgan

Реклама

Avtomobillarga shartnoma tuzish boshlangan kunning o’zidayoq, sotilgan avtomobillarning aksariyati qayta sotish ehtimoli bilan sotib olingan bo’lishi mumkin

Bunga bir kishi tomonidan ikki va undan ortiq avtomobilga shartnoma tuzilganligi haqidagi ma’lumotlar sabab bo’ldi. Eng e’tiborli holat, bir vaqtning o’zida bir shaxs tomonidan 35 ta avtomobil  uchun shartnoma tuzilganligidir. Sotuvning birinchi kuni jami 13 203 ta avtomobilga tuzilgan shartnomalardan  6 836 tasi (52%) shu tarzda tuzilgan.

Qayd etish joizki, “tadbirkorlar”ning oson daromad topishga bo’lgan yuqori qiziqishi, eng avvalo, o’z ehtiyojlari uchun avtomobil sotib olmoqchi bo’lgan iste’molchilar uchun noqulayliklarni yuzaga keltirib, ortiqcha talabni shakllantiradi.

Реклама

Shuningdek, UzAuto Motors “Biznesmenlar”ning emas, aksincha aholi ehtiyojlarini qondirish uchun prioritetlar tizimini joriy qildi. Unga ko’ra, avtomobillar qayta sotish uchun emas, balki shaxsiy ehtiyoji uchun avtomobil sotib olayotgan mijozlarga avtomobillarni yetkazib berishni birinchi o’ringa qo’yadi.

Avtomobillarni qayta sotish ehtimoli bilan tuzilgan shartnomalar aniqlangan taqdirda, kompaniya shartnoma shartlariga muvofiq (3.1.2 bandga muvofiq) avtomobilni yetkazib berish muddatini qo‘shimcha 120 kunga oshiradi. Shu munosabat bilan, xaridorlardan shartnomani imzolashdan oldin uning barcha bandlari bilan to’liq tanishib chiqishlarini iltimos qilamiz.

Ushbu  chora-tadbirlar avtomobillarni xaridorlarga yetkazib berish muddatini qisqartirish, aholi o‘rtasidagi talabni qondirish imkonini beradi.

1 Комментарий

  1. Янги мошина оламиз, янги шина оламиз, чунки янгисида шина йук….. Ифлослар. Президентни куриб колсам етар. Бошканинг кучи хам етмиди санларга, сотиб олгансанлар хаммани.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Back to top button