UzAutoMotors va GM Uzbekistan Yangiliklari

Inomarkalar uchun bojxona boji miqdorini pasaytirdi

Shavkat Mirziyoyev avtomobillar importi uchun boj to‘lovlarini ikki baravar kamaytirish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. Dvigatel quvvati uchun qo‘shimcha koeffitsiyentlar miqdori ham kamaytiriladi. Tariflar ikki bosqichda pasaytiriladi (jadval).

Реклама

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 21 fevral kuni «Avtotransport vositalarining ichki bozorini rivojlantirishni rag‘batlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi.

Kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, avtomobillarni olib kirishdagi bojxona to‘lovlari stavkalari ikki bosqichda pasaytiriladi. Hujjat imzolangan paytdan boshlab 2023 yil 1 yanvarga qadar bojlar ikki yoki undan ortiq baravarga pasaytiriladi. Gap nafaqat bojni, balki avtomobilning dvigatel quvvatini hisobga olinadigan qo‘shimcha koyeffitsientlarni kamaytirish haqida ham ketmoqda.

2023 yil 1 yanvardan bojxona stavkasi 15 foiz darajasida qoladi, qo‘shimcha koeffitsiyent ham pasaytiriladi.

Реклама

Bundan tashqari, bojlar faqatgina O‘zbekiston chegarasidan olib o‘tish vaqtida ishlab chiqarilganiga bir yildan oshmagan yangi avtomobillarga taalluqli bo‘ladi (bungacha — 3 yildan oshmagan).

Eslatib o‘tamiz, 14 fevral kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Shavkat Mirziyoyev Vazirlar Mahkamasiga to‘rt kun muddatda import avtomobillariga bojxona boji stavkalarini kamaytirish to‘g‘risidagi qaror loyihasini ishlab chiqishni topshirgan edi. Prezident, shuningdek, avtomobillar importi uchun bojxona bojlarini bosqichma-bosqich nol stavkaga qadar tushirish zarurligini ham ta’kidlagan edi.

Import bojxona bojlari stavkalari (kiritilayotgan o‘zgartishlar quyuq qilib belgilangan)

TN VED kodi Tovar nomi Bojxona stavkasi (bojxona qiymatidan foizda yoki o‘lchov birligi uchun AQSh dollarida) Avvalgi stavka
8703 21 10 O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasini kesib o‘tishda ishlab chiqarilgan sanasi 1 yildan oshmaydigan, faqat dvigatel silindrining ishchi hajmi 1000 kub sm dan oshmagan, ilgarilanma-qaytma harakatli porshenga ega, uchqundan alangalanadigan ichki yonuv dvigatelli 2023 yil 1 yanvargacha:

15+0,8 doll. / kub. sm

2023 yil 1 yanvardan:

15+0,4 doll. / kub. sm

30+1,8 doll. / kub. sm
yangi transport vositasi faqat dvigatel silindrining ishchi hajmi 1000 kub sm dan oshmagan, ilgarilanma-qaytma harakatli porshenga ega, uchqundan alangalanadigan ichki yonuv dvigatelli 30+1,8 doll. / kub. sm
8703 22 10 O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasini kesib o‘tishda ishlab chiqarilgan sanasi 1 yildan oshmaydigan, faqat dvigatel silindrining ishchi hajmi 1000 kub sm dan ortiq, biroq 1500 kub sm dan oshmagan, ilgarilanma-qaytma harakatli porshenga ega, uchqundan alangalanadigan ichki yonuv dvigatelli 2023 yil 1 yanvargacha:

15+1 doll. / kub. sm;

2023 yil 1 yanvargacha:

15+0,6 doll. / kub. sm;

30+2 doll. / kub. sm
yangi transport vositasi faqat dvigatel silindrining ishchi hajmi 1000 kub sm ortiq, biroq 1500 kub sm dan oshmagan, ilgarilanma-qaytma harakatli porshenga ega, uchqundan alangalanadigan ichki yonuv dvigatelli 30+2 doll. / kub. sm
8703 23 191 O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasini kesib o‘tishda ishlab chiqarilgan sanasi 1 yildan oshmaydigan, faqat dvigatel silindrining ishchi hajmi 1500 kub sm dan ortiq, biroq 1800 kub sm dan oshmagan, ilgarilanma-qaytma harakatli porshenga ega, uchqundan alangalanadigan ichki yonuv dvigatelli 2023 yil 1 yanvargacha:

15+1,2 doll. / kub. sm

2023 yil yanvargacha:

15+0,8 doll. / kub. sm

yangi transport vositasi faqat dvigatel silindrining ishchi hajmi 1500 kub sm ortiq, biroq 1800 kub sm dan oshmagan, ilgarilanma-qaytma harakatli porshenga ega, uchqundan alangalanadigan ichki yonuv dvigatelli 30+2,5 doll. / kub. sm
87032311,

8703 23 192,

8703 23 199

O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasini kesib o‘tishda ishlab chiqarilgan sanasi 1 yildan oshmaydigan, faqat dvigatel silindrining ishchi hajmi 1800 kub sm dan ortiq, biroq 3000 kub sm dan oshmagan, ilgarilanma-qaytma harakatli porshenga ega, uchqundan alangalanadigan ichki yonuv dvigatelli 2023 yil 1 yanvargacha:

15+1,25 doll. / kub. sm

2023 yil 1 yanvardan:

15+1 doll. / kub. sm

30+2,5 doll. / kub. sm
yangi transport vositasi faqat dvigatel silindrining ishchi hajmi 1800 kub sm ortiq, biroq 3000 kub sm dan oshmagan, ilgarilanma-qaytma harakatli porshenga ega, uchqundan alangalanadigan ichki yonuv dvigatelli 30+2,5 doll. / kub. sm.
8703 31 10 O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasini kesib o‘tishda ishlab chiqarilgan sanasi 1 yildan oshmaydigan, faqat dvigatel silindrining ishchi hajmi 1500 kub sm dan oshmagan, siqishdan alangalanadigan (dizel yoki yarim dizelli) porshenli ichki yonuv dvigatelli 2023 yil 1 yanvargacha:

15+1 doll. / kub. sm

2023 yil 1yanvardan:

15+0,6 doll. / kub. sm

30+2 doll. / kub. sm
faqat dvigatel silindrining ishchi hajmi 1500 kub sm dan oshmagan, siqishdan alangalanadigan (dizel yoki yarim dizelli) porshenli ichki yonuv dvigatelli 30+2 doll. / kub. sm
8703 32 11,

8703 32 19

O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasini kesib o‘tishda ishlab chiqarilgan sanasi 1 yildan oshmaydigan, faqat dvigatel silindrining ishchi hajmi 1500 kub sm dan baland, lekin 2500 kub sm dan oshmagan, siqishdan alangalanadigan (dizel yoki yarim dizelli) porshenli ichki yonuv dvigatelli 2023 yil 1 yanvargacha:

15+1,2 doll. / kub. sm

2023 yil 1 yanvardan:

15+0,8 doll. / kub. sm

30+2,5 doll. / kub. sm
faqat dvigatel silindrining ishchi hajmi 1500 kub sm dan baland, lekin 2500 kub sm dan oshmagan, siqishdan alangalanadigan (dizel yoki yarim dizelli) porshenli ichki yonuv dvigatelli 30+2,5 doll. / kub. sm
8703 33 11,

8703 33 19

O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasini kesib o‘tishda ishlab chiqarilgan sanasi 1 yildan oshmaydigan, faqat dvigatel silindrining ishchi hajmi 2500 kub sm dan baland, siqishdan alangalanadigan (dizel yoki yarim dizelli) porshenli ichki yonuv dvigatelli 2023 yil 1 yanvargacha:

15+1,5 doll. / kub. sm

2023 yil 1 yanvardan:

15+1,25 doll. / kub. sm

30+3 doll. / kub. sm
faqat dvigatel silindrining ishchi hajmi 2500 kub sm dan baland, siqishdan alangalanadigan (dizel yoki yarim dizelli) porshenli ichki yonuv dvigatelli 30+3 doll. / kub. sm.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Back to top button