UzAutoMotors va GM Uzbekistan Yangiliklari

Aliment bo‘yicha qarzdorlarning mashinani boshqarish huquqi vaqtincha cheklab qo‘yiladi

Реклама

“Aliment qarzdorligini undirish tartibi takomillashtirilayotgani munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi e’lon qilindi.

Loyiha bilan tegishli qonunlarga aliment to‘lovi bo‘yicha qarzdorlarga nisbatan transport vositasini boshqarish huquqini, shuningdek faoliyatning litsenziyalanadigan turini amalga oshirish huquqini vaqtincha cheklashni nazarda tutuvchi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish taklif etilmoqda.

Реклама

Qonun loyihasida bir qator asosiy qoidalar nazarda tutilmoqda. Xususan, loyihaga ko‘ra davlat ijrochisi tomonidan aliment to‘lovi bo‘yicha qarzdor jismoniy shaxs tomonidan ijro hujjatidagi yoki ijro hujjati bo‘lgan sud hujjatidagi talablar belgilangan muddatda uzrsiz sabablarga ko‘ra ijro etilmaganda, davlat ijrochisi undiruvchining arizasi bo‘yicha yoki o‘z tashabbusi bilan qarzdor jismoniy shaxsning transport vositalarini boshqarish huquqini vaqtincha cheklash to‘g‘risida qaror chiqarishga haqli.

Transport vositalarini boshqarish huquqini vaqtincha cheklash ta’sir chorasi ijro ishini yuritish belgilangan asoslarga ko‘ra tugatilganda yoki tamomlangunga qadar yoxud aliment to‘lovini undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatlari bo‘yicha cheklov qo‘llanilishiga asos bo‘lgan qarzdorlik bartaraf etilguniga qadar bo‘lgan muddatga qo‘llaniladi.

Qarzdorning transport vositalarini boshqarish huquqini yoki litsenziyalanadigan faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini vaqtincha cheklash quyidagi hollarda qo‘llanilmaydi:

  • sud qarorini ijro etish uchun yetarli mol-mulk olib qo‘yilgan taqdirda;
  • agar shunday cheklash belgilanishi qarzdor tirikchiligining asosiy va qonuniy manbaidan mahrum qilsa;
  • agar qarzdor birinchi va ikkinchi guruh nogironi bo‘lsa yoki qarzdor qaramog‘ida O‘zbekiston qonunlarida belgilangan tartibda birinchi yoki ikkinchi guruh nogironi yoki nogiron bola deb tan olingan shaxsga bog‘liq bo‘lsa;
  • agar qarzdorga ijro hujjati talablarini bajarish uchun kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati berilgan bo‘lsa;
  • agar voyaga yetmagan bolalar ta’minoti uchun alimentlar oldindan to‘langan yoki aliment to‘lash majburiyatini ta’minlash uchun garov shartnomasi tuzilgan bo‘lsa.

Davlat ijrochisining aliment to‘lovi bo‘yicha qarzdor jismoniy shaxsning transport vositasini boshqarish huquqini vaqtincha cheklash to‘g‘risidagi qarori ustidan shikoyat qilinishi yoki protest keltirilishi mumkin.

Ijro hujjatidagi yoki ijro hujjati bo‘lgan sud hujjatidagi talablar belgilangan muddatda aliment to‘lovi bo‘yicha qarzdor jismoniy shaxs tomonidan uzrsiz sabablarga ko‘ra ijro etilmaganda, davlat ijrochisi sudga qarzdorga litsenziya berishni vaqtincha taqiqlash to‘g‘risida, shuningdek qarzdorga ilgari berilgan litsenziyalar, ruxsatnomalar va maxsus huquqlarning amal qilishi to‘xtatib turilishi to‘g‘risida taqdimnoma yuboradi.

Aliment to‘lovi bo‘yicha qarzdor jismoniy shaxsning faoliyatning litsenziyalanadigan turini amalga oshirish huquqini vaqtincha cheklash to‘g‘risidagi sud qaroriga asosan litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishi to‘xtatib turilishi mumkin.

Boshqarish huquqi cheklangan shaxslarning transport vositalarini boshqarishi xuddi shuningdek boshqarish huquqi cheklangan shaxslarga transport vositalarini boshqarishni topshirilishi bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Back to top button