BYD Song ProBYD Uzbekistan

BYD chegirmalarni uzaytirdi

O‘zbekistonda BYD Chazor, Song Pro, Song Plus DM-i Champion va Song Plus EV Champion avtomobillari uchun maxsus narxlarning amal qilish muddatini yanvar oyi oxirigacha uzaytirdi.

Реклама

O‘zbekistondagi BYD dillerlari Chazor, Song Pro, Song Plus DM-i Champion va Song Plus EV Champion avtomobillari uchun maxsus narxlarning amal qilish muddatini yanvar oyi oxirigacha uzaytirdi.

Chegirmalar BYDning 30 yilligi munosabati bilan noyabr oyida e’lon qilingan edi.

Chegirma miqdori modeliga va jihozlanishiga qarab 2,5 million so‘mdan 22,5 million so‘mgacha bo‘lgan oraliqda o‘zgaradi.

Реклама

Eng katta chegirma — 22,5 million so‘mlik, Chazor 55km Active positsiyasiga qo‘llanildi.

Boshqa modellarning narxlari 2,5 milliondan 8,7 million so‘mgacha pasaytirildi.

Model va komplektatsiyaChegirmasiz narxiChegirmali narxi
Chazor 55KM Active273,900,000 251,459,100
Chazor 55KM Luxe288,100,000279,400,500
SONG PLUS DM-i Champion 110KM   Flagship387,200,000380,850,000
Song Pro DM-i 71KM Comfort321,800,000319,240,000
Song Pro DM-i 71KM Flagship334,400 000328,000,000
SONG PLUS EV Champion 605KM Flagship429,800,000423,400,000

Aksiya 31-yanvargacha davom etadi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Back to top button