Damas NarxiUzAuto Motors (GM Uzbekistan) NarxlariUzAutoMotors va GM Uzbekistan Yangiliklari

Damas banksiz 0% muddatli to’lovga chiqarildi

Damas banksiz muddatli to'lovga chiqarildi: 50% oldindan, qolgani 24 oyga, 0% ustama. Damas narxi va oylik to'lov: Van oyiga 1 940 750 so'm.

Реклама

UzAuto Motors oddiy Damas’ni banksiz, bo’lib to’lashga sota boshladi. Narxining yarmini oldindan to’laysiz, qolganini 24 oy davomida to’lab borasiz.

Damas 0% ustama bilan, chegirmasiz narxda sotiladi. Bu shart eski Damas’ning Van, Combi va Delux versiyalariga amal qiladi, Labo’ga esa yo’q.

Damas bo’lib to’lashda qancha turadi

Oddiy Damas narxi 93 156 000 so’mdan boshlanadi, eng arzoni yuk tashiydigan Van.

Реклама
Damas narxi 2026Narxi
Damas Van (D11, yuk)93 156 000 so’m
Boshlang’ich to’lov 46 578 000 so’m
Damas Combi (D3 Style)96 449 000 so’m
Boshlang’ich to’lov 48 224 500 so’m
Damas Delux (D2 Style Plus, yo’lovchi)96 932 000 so’m
Boshlang’ich to’lov 48 466 000 so’m
Yangi Damas Max Van 1.2 LV0134 439 000 so’m
Yangi Damas Max Van 1.5 LV0142 471 000 so’m
Yangi Damas Move 1.2 LV0139 675 000 so’m
Yangi Damas Move 1.2 LV1144 563 000 so’m
Yangi Damas Move 1.5 LV0149 011 000 so’m
Yangi Damas Move 1.5 LV1154 128 000 so’m

Oylik to’lovlar:

  • Damas Van: oyiga 1 940 750 so’mdan
  • Damas Combi: oyiga 2 009 354 so’mdan
  • Damas Delux: oyiga 2 019 417 so’mdan

Yangi Damas Max va Move bu shartga kirmaydi, yangi Damas narxi 134 439 000 so’mdan boshlanadi.

Eski Damas’ga 2026-yilda qanday chegirmalar bo’ldi

Aprel boshida, yangi Damas Move va Max xaridorlarga topshirila boshlagan kunlari, eski Damas’ni to’liq to’lab olganlarga 5 mln so’m chegirma berildi.

O’sha kunlari 0,8 litrli karbyuratorli Damas «Toza havo» dasturi bo’yicha sariq ekostiker olishi ma’lum bo’ldi.

Avgustda chegirma 15 mln so’mga yetdi, Damas Van 78 156 000 so’mga sotildi. Chegirma 10-sentabrgacha amal qildi.

Endi chegirma o’rniga Damas’ni banksiz, 0% ustama bilan bo’lib to’lab olsa bo’ladi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Back to top button