Статья доступна на русском языке.
Hatto boshqa yirik tarmoqlarga qaraganda benzin arzonroq boʻlgan Carvon shoxobchalarida ham bir litr AI-95 endi 19 500 soʻm turadi. Iyulda u 16 500 soʻm, avgust boshida 17 000 soʻm edi.
Dizel yoqilgʻisi iyuldan beri 13 700 soʻmdan 18 500 soʻmgacha, yaʼni uchdan bir qismdan koʻproq qimmatlashdi. Hozir Carvonda dizel Lukoildagidan qimmatroq.
Carvonda 40 litr AI-95 quyish avgustda 680 000 soʻm turgan boʻlsa, hozir 780 000 soʻm turadi.
Boshqa tarmoqlarda benzin yozdayoq qimmatroq edi. Lukoilda AI-95 iyul oxirida 19 000 soʻm turgan, hozir Qozogʻiston AI-95 benzini 21 100 soʻmdan sotilmoqda. Bir yil oldin esa Toshkentda bir litr 95-benzin 13 000 soʻm edi.
11-avgust kuni Prezident yoqilgʻi narxining asossiz oshishi va uning sunʼiy taqchilligiga yoʻl qoʻymaslikni topshirgan edi. Shundan beri Carvonda AI-95 2 500 soʻmga, dizel esa 4 000 soʻmga qimmatlashdi.
Toshkentdagi yoqilgʻi quyish shoxobchalarida benzin narxi
| Цена на Бензин Narxi | Лукойл | Mustang | IBR | Метан | |
|---|---|---|---|---|---|
| АИ-80 | нет | нет | нет | нет | 5 750 |
| АИ-92 | 13 500 (11 900 местный) | 18 000 (местный 13 800) | 16 400 (11 700 местный) | 16 200 (11 700 местный) |
|
| АИ-95 | 19 500 | 21 100 | 20 000 | 19 700 | |
| АИ-100 | 24 500 | 28 000 | нет | нет | |
| Дизельное топливо (солярка) | 18 500 | 17 300 | нет | нет |
Oʻzbekistonga benzin importi 12 baravar kamaydi
Fevralda Oʻzbekistonga 153 mln litr, aprelda 140 mln litr benzin olib kirilgan. Mayda import ikki baravar kamayib, 72 mln litrga tushdi, iyulda 18,6 mln litrga, avgustda esa 11,4 mln litrga tushib qoldi. Bu aprelga nisbatan 12 baravar kam.
Sentabrda import biroz oshib, 16,3 mln litrga yetdi, lekin bu baribir aprelga qaraganda 8,6 baravar kam.
Hajm kamaygan sari narx oshib bordi. Aprelda ming litr import benzin Oʻzbekistonga 576 dollarga tushgan boʻlsa, avgustda qariyb 1 000 dollarga tushdi.
Import benzin nega yoʻqolib qoldi
Bahorgacha Oʻzbekiston import benzinning 85-90 foizini Rossiyadan sotib olardi. Rossiya neftni qayta ishlash zavodlariga zarbalar berilgach, maydan boshlab yetkazib berish kamaydi, Rossiya esa benzin eksportiga taqiqni 2027-yil 31-yanvargacha uzaytirdi.
Qozogʻiston 21-noyabrgacha benzinni avtomobil va temir yoʻl transportida olib chiqishni taqiqlab qoʻydi, faqat eksport kvotalari qoldi. Qozogʻiston Energetika vazirligi yozdayoq taqiqni 2027-yil mayigacha uzaytirishni taklif qilgan.
Shu sababli benzin topish uchun turli yoʻllar izlanmoqda. IBR Bolgariya AI-95 benzinini 19 700 soʻmdan sotmoqda. Lukoil esa Qozogʻiston benziniga oʻtdi va uni Toshkentda Qozogʻistondagidan qariyb 2,5 baravar qimmatga sotmoqda.
Benzin arzonlashadimi
Bahorgacha bu dargumon. Rossiya eksportni yanvar oxirigacha taqiqlagan, Qozogʻiston oʻz taqiqini mayigacha uzaytirishi mumkin. Import kam ekan, narx hatto Carvonda ham oshib bormoqda.

