Toshkentga Gulf zapravkalari vaʼda qilindi

Toshkent shahar hokimligi Gulf bilan poytaxtda zapravkalar tarmogʻini ochishga kelishib oldi. Gulf Oʻzbekistonda zapravkalar ochishni bir yildan ortiq vaqtdan beri vaʼda qilmoqda, lekin loyihaning iqtisodiy hisob-kitoblarini hali yakunlamagan.

Статья доступна на русском языке.

Toshkent shahar hokimligi Gulf Petrocas Energy Group bilan poytaxtda Gulf yoqilgʻi quyish shoxobchalari tarmogʻini ochish boʻyicha memorandum imzoladi.

Hujjat Sietlda imzolandi. 18 va 19-noyabr kunlari u yerga hokim Shavkat Umurzoqov boshchiligidagi delegatsiya borgan. Delegatsiya Gulf Petrocas Energy Group vakillari Ivane Nakaidze va Kreyg Kramer bilan uchrashdi.

Oʻzbekistonga Gulf zapravkalari bir yildan ortiq vaqtdan beri vaʼda qilinmoqda. 2026-yil oktabr oyi oxirida Oʻzbekneftgaz rahbarining oʻrinbosari Abrorjon Xudoyberganov Gulf barcha viloyatlardagi yirik avtomobil yoʻllarini oʻrganib, AYoQShlar uchun taxminiy joylarni belgilab qoʻyganini aytdi. Uning soʻzlariga koʻra, kompaniya loyihaning iqtisodiy hisob-kitoblarini hali yakunlamagan.

Gulf ildizlari Amerikaga borib taqaladigan yoqilgʻi brendi. Avtomobil ixlosmandlari uni Ford GT40 va Porsche 917 poyga avtomobillarining toʻq sariq chiziqli havorang boʻyogʻidan taniydi. Oʻzbekistonda xalqaro Gulf brendining vakili mintaqaviy hamkor va litsenziat Petrocas Energy Group hisoblanadi.

Gulf avval nimalarni vaʼda qilgan

2025-yil oktabrda Oʻzbekneftgaz va Gulf Oil barcha viloyatlarda 100 tagacha zapravkadan iborat tarmoq ochish boʻyicha memorandum imzolagan. Davlat kompaniyasi loyihani 100 mln dollarga baholagan.

2026-yil fevralda Vashingtonda Gulf vitse-prezidenti Kreyg Kramer Oʻzbekistonda ikki yil ichida doʻkonli kamida 100 ta AYoQSh ochishni va ularga 150 mln dollar sarmoya kiritishni vaʼda qilgan. Oʻshanda kompaniyada aytishlaricha, viloyat hokimliklari Gulfga zapravkalar uchun 200 ga yaqin obyekt taklif qilgan.

В Узбекистане выявили некачественный бензин АИ-92 и АИ-95

↑
Exit mobile version