AI-80 benzini yana sotila boshladi

AI-80 birjaga qaytdi. Energetika vazirligi uning zapravkalarga chiqmasligini vaʼda qilmoqda: u xomashyo sifatida sotilmoqda, undan yuqori oktanli benzin ishlab chiqarish mumkin.

Статья доступна на русском языке.

Oʻzbekistonda AI-80 benzini yana sotila boshladi. Hozircha u birjada sotilmoqda, tonnasi 8,25 mln soʻm.

Energetika vazirligi vaʼdasiga koʻra, AI-80 zapravkalarga chiqmaydi. Uni faqat litsenziyasi bor korxonalar sotib olishi mumkin. Birja lotida u xomashyo yoki komponent sifatida koʻrsatilgan.

Vazirlik tushuntirishicha, AI-80 texnologik qayta ishlangach, undan yuqori oktanli benzin va boshqa kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish mumkin.

Yuqori oktanli benzin esa aynan zapravkalarda sotiladi.

Narxdagi farq sezilarli. 19-noyabr kuni oʻsha birjada AI-92 K2-L benzinining tonnasi qimmatlab, rekord darajaga, 15,25 mln soʻmga yetdi. Bu AI-80 benzinidan 7 mln soʻm qimmat.

Zapravkalarda AI-80 sotish 2025-yil 1-dekabrdan boshlab taqiqlangan. Oʻzbekneftgaz esa uni sentabrdayoq birjadan olib tashlagan va oʻrniga AI-92 yetkazib berish hajmini oshirgan. Endi birjada AI-80 sotuvchisi sifatida Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi tashkilot koʻrsatilgan.

Полный запрет 80-го: продажа бензина АИ-80 окончательно запрещена

Zapravkalarda qanday benzin quyilmoqda

Yil boshidan buyon 3 mingga yaqin zapravka tekshirilib, 330 tasida sifatsiz yoqilgʻi aniqlandi. Ulardan 240 tasida qoidabuzarliklar AI-92 va AI-95 markali benzinga tegishli boʻlgan.

В Узбекистане выявили некачественный бензин АИ-92 и АИ-95

↑
Exit mobile version