O‘qituvchilar uchun avtokredit berila boshladi

O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan o‘qituvchilar uchun avtokreditlar aktsiyasi e’lon qilindi.

UzAuto Motors kompaniyasi O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan umumta’lim, o‘rta-maxsus va oliy ta’lim muassasalarining o‘qituvchilari uchun Chevrolet Spark va Lacetti avtomobillariga aktsiya e’lon qildi.

6 oy va 1 yillik muddat

Aktsiya quyidagi shartlarda muddatli to‘lovga xarid qilish imkonini beradi:

– Chevrolet Spark — 70% oldindan to‘lov, muddati 6 oy;

– Lacetti 3 poz — 60% oldindan to‘lov, muddati 1 yil.

O‘qituvchi hujjatlarini ko‘rsatishi shart

Muddatli to‘lovga avtomobil xarid qilish uchun xaridor yuqorida ko‘rsatilgan ta’lim muassasining o‘qituvchisi ekanligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etishi lozim.

Mazkur aktsiyaning asosiy shartlaridan biri avtomobilni garovga qo‘yish hamda hatardan sug‘urtalash.

Shartnomalarni qaysi korxonalar beradi?

Shartnomalarni quyidagi dilerlik korxonalaridan olish mumkin:

“AS SERVIS” tarmoqlarining dilerlik korxonalari

“Sergeli Avtotexxizmat” AJ

“Nurafshon Avtocentr” MChJ

“Qaraqalpaqavtotexxizmet” MChJ

Aktsiya muddati 30-sentabrgacha amal qiladi.

Exit mobile version