Chevrolet Traverse rassrochka 2026: foizsiz muddatli toʻlov grafigi

UzAuto Motors Chevrolet Traverse Z71ni foizsiz muddatli toʻlovga va imtiyozli avtokreditga sota boshladi. Boshlangʻich toʻlov 60% boʻlsa, 2,5 yil davomida oyiga 10,6 mln soʻmdan toʻlash kerak boʻladi.

Статья на русском языке.

UzAuto Motors Chevrolet Traverseni foizsiz muddatli toʻlovga va hamkor banklar orqali imtiyozli avtokreditga sota boshladi.

795 mln soʻmlik Chevrolet Traverseni 2,5 yilga (30 oy) foizsiz boʻlib toʻlashga olish mumkin. Bunda boshlangʻich toʻlov 60%, yaʼni 477 mln soʻm, oylik toʻlov esa 10,6 mln soʻm boʻladi.

Traverse muddatli toʻlov grafigi va shartlarini avtosalonlardan biri oʻz Telegram-kanalida eʼlon qildi. UzAuto Motors hali rasmiy eʼlon bermagan.

Traverse narxi kreditga foizsiz: 2,5 yilga boʻlib toʻlash shartlari

Model va narx, soʻm Boshlangʻich toʻlov, soʻm Muddat Oylik toʻlov, soʻm
Chevrolet Traverse Z71
795 000 000
25%
198 750 000
12 oy 49 687 500
30%
238 500 000
15 oy 37 100 000
40%
318 000 000
18 oy 26 500 000
50%
397 500 000
24 oy 16 562 500
60%
477 000 000
30 oy 10 600 000

Chevrolet Traverse rassrochka grafik: toʻlov jadvali

Har bir oylik toʻlov ostida yillik stavka yozilgan. Yashil rangda esa har bir boshlangʻich toʻlov uchun eng uzoq foizsiz muddat ajratib koʻrsatilgan.

Boshlangʻich toʻlov 12 oy 15 oy 18 oy 24 oy 30 oy 36 oy 48 oy 60 oy
25%
198 750 000
49 687 500
0%
39 882 629
0,5%
34 183 848
4%
26 831 007
7,5%
22 823 296
11%
19 946 724
12,5%
16 353 294
14,2%
14 658 521
16,5%
30%
238 500 000
  37 100 000
0%
31 532 167
2,5%
24 890 719
6,9%
20 912 914
9,5%
18 271 849
11,2%
15 067 974
13,5%
13 385 601
15,5%
40%
318 000 000
    26 500 000
0%
20 607 698
3,5%
17 269 777
6,5%
15 168 472
9%
12 491 094
11,7%
10 975 697
13,5%
50%
397 500 000
      16 562 500
0%
13 682 168
2,5%
11 913 432
5%
9 685 489
7,9%
8 642 613
11%
60%
477 000 000
        10 600 000
0%
9 247 825
3%
7 395 559
5,5%
6 524 257
8,5%

Traverse kredit narxlari 2026: imtiyozli avtokredit

60% boshlangʻich toʻlov bilan 5 yillik kredit yiliga 8,5% stavkada beriladi, oylik toʻlov 6,5 mln soʻm. Boshlangʻich toʻlov eng kami, yaʼni 25% boʻlsa, xuddi shu 5 yilga stavka 16,5% ga chiqadi, oylik toʻlov esa 14,7 mln soʻm boʻladi.

Chevrolet Traverse Z71 komplektatsiyasi

Traverse bitta komplektatsiyada 795 000 000 soʻmga sotiladi. Naqd pulga toʻlaganda ham narx shu, chegirma yoʻq.

Chevrolet Traverse Narxi 2026UZS
Chevrolet Traverse Z71
2.5 turbo 328 ot kuchi, avtomat, toʻliq privod


7 oʻrin, ikkinchi qatorda kapitan oʻrindiqlar, CarPlay va Android Auto bilan 17,7" ekran, 11" raqamli asboblar paneli, perforatsiyalangan charm, old oʻrindiqlar va rul isitgichi, haydovchi oʻrindigʻining elektr sozlamasi, uch zonali klimat-nazorat, panoramali tom, adaptiv kruiz-nazorat, avtomatik tormozlash, harakatlanish boʻlagida ushlab turish, koʻr zonalar nazorati, 360° kamera, 7 ta xavfsizlik yostigʻi, simsiz zaryadlash, 220 V rozetka, elektr yuritmali yukxona eshigi, 18" disklar, LED faralar
795,000,000

Traverse yetti oʻrinli, uch qatorli katta krossover. Unda 2,5 litrli turbo dvigatel (328 ot kuchi), 8 pogʻonali avtomat quti va toʻliq privod bor.

Salon 17,7 dyuymli ekran, panoramali tom, uch zonali klimat-nazorat va 360° kamera bilan jihozlangan. Bu Z71 versiyasi, shuning uchun dvigatel himoyasi bor, klirens esa 197 mm.

↑
Exit mobile version