“O‘tgan safargi aksiyaga iste’molchilarning yuqori talabi va qiziqishini inobatga olgan holda, imtiyozli kredit shartlarida taqdim etiladigan avtomobillarning soni 4700 donagacha, modellar qatori esa 3 pozitsiyagacha oshirildi”, — deyiladi kompaniya axborotida.
Endi xaridorlar quyidagi avtomobillarni xarid qilishi mumkin:
- Lacetti CDX AT (3 pozitsiya) avtomobili — 500 dona; Nexia 3 LTZ A/T (4 pozitsiya) avtomobili — 500 dona; Spark LT M/T (2 pozitsiya) avtomobili — 3700 dona.
Imtiyozli avtokreditni “InfinBank”ning barcha filiallarida quyidagi shartlarda rasmiylashtirib olish mumkin:
- 20 foiz dastlabki to‘lov amalga oshirilganda — 5 yilgacha — yillik 24 foiz
- 30 foiz dastlabki to‘lov amalga oshirilganda — 3 yilgacha — yillik 22 foiz
- 50 foiz dastlabki to‘lov amalga oshirilganda — 2 yilgacha — yillik 21 foiz
- 60 foiz dastlabki to‘lov amalga oshirilganda — 15 oygacha — yillik 20 foiz
Aksiya 2018-yilning 23-oktabridan boshlanadi. 23-oktabrdan 27-oktabrga qadar besh kun davomida faqatgina hujjatlarni qabul qilish va o‘rganish amalga oshiriladi, 27-oktabrdan esa avtokreditlash boshlanadi.
Aksiyada ishtirok etayotgan avtomobillar qoldig‘i bilan kunlik tarzda “InfinBank”ning rasmiy saytidan ma’lumot olish mumkin. “InfinBank”ning yaqin filiali to‘g‘risidagi ma’lumotni bankning 71-202-50-60 telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qilib olish mumkin.