Kia yangi Seltos narxlarini eʼlon qildi

Ikkinchi avlod Seltos Oʻzbekistonda beshta komplektatsiyada 349,9 mln soʻmdan 449,9 mln soʻmgacha turadi. Barcha versiyalarda 200 ot kuchli 1,5 litrli turbodvigatel va 8 pogʻonali avtomat uzatmalar qutisi bor, toʻliq yuritma faqat X-Line+’da.

Статья на русском языке.

Ikkinchi avlod Seltos Oʻzbekistonda 349 900 000 soʻmdan 449 900 000 soʻmgacha turadi. Komplektatsiyalar beshta: Luxe, Prestige, Premium, X-Line va X-Line+.

Barcha versiyalarda 200 ot kuchli 1,5 T-GDI turbodvigatel va 8 pogʻonali avtomat uzatmalar qutisi bor. Toʻrtta komplektatsiya old yuritmali, toʻliq yuritma faqat X-Line+’da.

Yangi Seltos 21-oktabr kuni Toshkentdagi MOTORFEST’da koʻrsatildi. Ikkinchi avlodning dizayni va saloni haqida premyeradan oldin yozgan edik.

Kia Seltos narxi 2026

Kia Seltos narxi 2026UZS
Kia Seltos Luxe
1,5 T-GDI, 200 ot kuchi, 8AT, old yuritma


Svetodiodli faralar, 17 dyuymli quyma disklar, tom relinglari, yashirin eshik tutqichlari, sunʼiy charm qoplama, old oʻrindiqlarni isitish, konditsioner, 10 dyuymli raqamli asboblar paneli, CarPlay va Android Auto’li 27 dyuymli multimedia, kalitsiz kirish, kruiz-kontrol, orqa koʻrinish kamerasi, old va orqa parktroniklar, Auto Hold’li qoʻl tormozi, 4 ta xavfsizlik yostiqchasi
349 900 000
Kia Seltos Prestige
1,5 T-GDI, 200 ot kuchi, 8AT, old yuritma


Lyukli panoramik tom, proyeksion svetodiodli faralar, orqa oʻrindiqlar, old oyna va forsunkalarni isitish, ikki zonali klimat-kontrol, yomgʻir datchigi, simsiz quvvatlash, haydovchi oʻrindigʻini elektr bilan rostlash, yukxona eshigining elektr yuritmasi, avtomatik xiralashuvchi koʻzgu
384 900 000
Kia Seltos Premium
1,5 T-GDI, 200 ot kuchi, 8AT, old yuritma


Pardasimon yostiqchalar (6 ta yostiqcha), Stop&Go’li adaptiv kruiz-kontrol, old toʻqnashuvning oldini olish, harakat chizigʻida ushlab turish, koʻrinmas zonada toʻqnashuvning oldini olish
404 900 000
Kia Seltos X-Line
1,5 T-GDI, 200 ot kuchi, 8AT, old yuritma


18 dyuymli disklar, toʻliq oʻlchamli zaxira gʻildirak, tumanga qarshi faralar, chiqadigan eshik tutqichlari, old oʻrindiqlar ventilyatsiyasi, rulni isitish, proyeksion displey, Bose, kontur yoritgich, aylanma koʻrinish kameralari, yon parktroniklar, X-Line paketi
429 900 000
Kia Seltos X-Line+
1,5 T-GDI, 200 ot kuchi, 8AT, toʻliq yuritma


X-Line jihozlari va toʻliq yuritma
449 900 000

Matt Urban Gray (mat kulrang) rangi uchun 3 000 000 soʻm qoʻshimcha toʻlanadi.

Yangi Kia Seltos xarakteristikasi

1,5 T-GDI turbodvigatelining quvvati 200 ot kuchi, aylantiruvchi momenti 253 N·m. Old yuritmali Seltos 8,2 soniyada 100 km/soat tezlikka erishadi va 100 km ga 6,8 litr yoqilgʻi sarflaydi. Toʻliq yuritmali X-Line+ 8,9 soniyada erishadi va 7,8 litr sarflaydi.

Yangi Seltos’ning uzunligi 4460 mm, kengligi 1830 mm, balandligi 1615 mm, gʻildirak bazasi 2690 mm. Yoʻl tirqishi 170 mm, yukxona hajmi 436 litrdan boshlanadi.

Xususiyat Kia Seltos 1,5 T-GDI
Dvigatel benzinli, turbo, 1,5 T-GDI
Ish hajmi 1497 sm³
Quvvati 200 ot kuchi
Aylantiruvchi moment 253 N·m
Uzatmalar qutisi 8 pogʻonali avtomat
Yuritma old (X-Line+ toʻliq)
0-100 km/soat tezlanish 8,2 s (X-Line+ 8,9 s)
Shaharda yoqilgʻi sarfi 9,2 l/100 km (X-Line+ 10,4 l)
Trassada yoqilgʻi sarfi 5,4 l/100 km (X-Line+ 6,3 l)
Aralash siklda yoqilgʻi sarfi 6,8 l/100 km (X-Line+ 7,8 l)
Uzunligi 4460 mm
Kengligi 1830 mm
Balandligi 1615 mm
Gʻildirak bazasi 2690 mm
Yoʻl tirqishi 170 mm
Yukxona hajmi 436 l dan 483 l gacha (X-Line+ 436 l), orqa oʻrindiqlar yigʻilganda 1454 l gacha (X-Line+ 1407 l)
Ekologik sinf Yevro-4 (X-Line+ Yevro-6)
Shinalar 235/65 R17 (Luxe, Prestige, Premium), 235/60 R18 (X-Line, X-Line+)

Yangi Kia Seltos komplektatsiyalari

Kia Seltos Luxe (349,9 mln soʻm)

Bazaviy Luxe’da svetodiodli faralar, 17 dyuymli quyma disklar, tom relinglari va kuzov rangidagi yashirin eshik tutqichlari bor. Zaxira gʻildiragi dokatka.

Salon sunʼiy charm bilan qoplangan. Old oʻrindiqlarni isitish, konditsioner, 10 dyuymli raqamli asboblar paneli hamda Android Auto va Apple CarPlay’ni qoʻllab-quvvatlovchi 27 dyuymli multimedia ekrani bor.

Kalitsiz kirish va dvigatelni tugma bilan ishga tushirish, kruiz-kontrol, orqa koʻrinish kamerasi, old va orqa parktroniklar hamda Auto Hold funksiyali elektron qoʻl tormozi bor. Toʻrtta xavfsizlik yostiqchasi bor: ikkita old va ikkita yon.

Kia Seltos Prestige (384,9 mln soʻm)

Prestige’da lyukli panoramik tom hamda orqa oʻrindiqlar, old oyna va yuvgich forsunkalarini isitish paydo boʻladi. Oddiy faralar oʻrniga proyeksion svetodiodli faralar oʻrnatilgan.

Konditsioner oʻrniga ikki zonali klimat-kontrol bor. Yomgʻir datchigi, simsiz quvvatlash, haydovchi oʻrindigʻini elektr bilan rostlash, yukxona eshigining elektr yuritmasi va avtomatik xiralashuvchi salon koʻzgusi qoʻshilgan.

Kia Seltos Premium (404,9 mln soʻm)

Premium’da yon pardasimon yostiqchalar qoʻshiladi, jami oltita yostiqcha boʻladi. Oddiy kruiz-kontrol oʻrniga Stop&Go funksiyali adaptiv kruiz-kontrol oʻrnatilgan.

Old toʻqnashuv va koʻrinmas zonadagi avtomobil bilan toʻqnashuvning oldini olish tizimlari hamda harakat chizigʻida ushlab turish tizimi qoʻshilgan.

Kia Seltos X-Line (429,9 mln soʻm)

Tashqaridan X-Line yaltiroq qora panjara, bamper va ostona qoplamalari bilan, ichkaridan esa sport uslubidagi rul va pedallardagi metall qoplamalar bilan ajralib turadi.

17 dyuymli disklar oʻrniga 18 dyuymli, dokatka oʻrniga toʻliq oʻlchamli zaxira gʻildirak oʻrnatilgan. Tumanga qarshi faralar, faralarning dinamik salomlashuv chirogʻi va avtomatik chiqadigan eshik tutqichlari qoʻshilgan.

Salonda old oʻrindiqlar ventilyatsiyasi, rulni isitish, Bose audiotizimi, kontur yoritgich, proyeksion displey, rul ortidagi uzatmalarni almashtirish lepestoklari va elektron uzatmalar selektori paydo boʻladi.

Avtomobilni toʻxtatish uchun X-Line’da aylanma koʻrinish kameralari, koʻrinmas zonalar tasvirini asboblar paneliga chiqarish, yon parktroniklar va orqaga harakatlanishda toʻqnashuvning oldini olish tizimi bor.

Kia Seltos X-Line+ (449,9 mln soʻm)

X-Line+ jihozlari X-Line bilan bir xil, undan 20 mln soʻm qimmatroq va toʻliq yuritmali.

Kia Seltos komplektatsiyalari opsiyalari

OpsiyaLuxePrestigePremiumX-LineX-Line+
Isitish opsiyalari
Old oʻrindiqlarni isitish●●●●●
Orqa oʻrindiqlarni isitishyoʻq●●●●
Old oyna va yuvgich forsunkalarini isitishyoʻq●●●●
Rulni isitishyoʻqyoʻqyoʻq●●
Tashqi koʻrinish
Reflektorli svetodiodli faralar●yoʻqyoʻqyoʻqyoʻq
Proyeksion svetodiodli faralaryoʻq●●●●
17 dyuymli quyma disklar, 235/65 R17 shinalar●●●yoʻqyoʻq
18 dyuymli quyma disklar, 235/60 R18 shinalaryoʻqyoʻqyoʻq●●
Yon koʻzgularni elektr bilan yigʻish●●●●●
Lyukli panoramik tomyoʻq●●●●
Oynalar chizigʻining yaltiroq qora bezagiyoʻq●●●●
Faralarning dinamik salomlashuv chirogʻiyoʻqyoʻqyoʻq●●
Old svetodiodli tumanga qarshi faralaryoʻqyoʻqyoʻq●●
Avtomatik chiqadigan eshik tutqichlariyoʻqyoʻqyoʻq●●
Vaqtinchalik zaxira gʻildirak (dokatka)●●●yoʻqyoʻq
Toʻliq oʻlchamli poʻlat zaxira gʻildirakyoʻqyoʻqyoʻq●●
Salon
Sunʼiy charm bilan qoplangan rul va oʻrindiqlar●●●●●
Salonning svetodiodli yoritilishi●●●●●
Quyosh soyabonlaridagi koʻzgular yoritgichiyoʻq●●●●
Salonning Mood lamp kontur yoritgichiyoʻqyoʻqyoʻq●●
Qulaylik
Kalitsiz kirish va dvigatelni tugma bilan ishga tushirish●●●●●
Konditsioner●yoʻqyoʻqyoʻqyoʻq
Ikki zonali klimat-kontrolyoʻq●●●●
Kruiz-kontrol●●yoʻqyoʻqyoʻq
Stop&Go funksiyali adaptiv kruiz-kontrolyoʻqyoʻq●●●
10 dyuymli raqamli asboblar paneli●●●●●
Orqa koʻrinish kamerasi●●●●●
Old va orqa parktroniklar●●●●●
Yon parktroniklaryoʻqyoʻqyoʻq●●
Yomgʻir datchigiyoʻq●●●●
Avtomatik xiralashuvchi salon koʻzgusiyoʻq●●●●
Simsiz quvvatlashyoʻq●●●●
Haydovchi oʻrindigʻini elektr bilan rostlashyoʻq●●●●
Yukxona eshigining elektr yuritmasiyoʻq●●●●
Old oʻrindiqlar ventilyatsiyasiyoʻqyoʻqyoʻq●●
Proyeksion displey (HUD)yoʻqyoʻqyoʻq●●
Rul ortidagi uzatmalarni almashtirish lepestoklariyoʻqyoʻqyoʻq●●
Elektron uzatmalar selektori (Shift-by-Wire)yoʻqyoʻqyoʻq●●
Barcha eshiklarda Auto Up/Down oyna koʻtargichlariyoʻqyoʻqyoʻq●●
Multimedia
27 dyuymli multimedia ekrani, Android Auto va Apple CarPlay●●●●●
Bose audiotizimiyoʻqyoʻqyoʻq●●
Xavfsizlik
Old va old yon xavfsizlik yostiqchalari●●●●●
Pardasimon xavfsizlik yostiqchalariyoʻqyoʻq●●●
Auto Hold funksiyali elektron qoʻl tormozi●●●●●
Shinalardagi bosim nazorati (TPMS)●●●●●
Orqa qatordagi yoʻlovchilar haqida eslatma●●●●●
Haydovchiga yordam tizimlari
Old toʻqnashuvning oldini olish (FCA 2)yoʻqyoʻq●●●
Harakat chizigʻida ushlab turish (LKA) va harakat yordamchisi (LFA 2)yoʻqyoʻq●●●
Koʻrinmas zonada toʻqnashuvning oldini olish (BCA)yoʻqyoʻq●●●
Aylanma koʻrinish kameralari (SVM)yoʻqyoʻqyoʻq●●
Koʻrinmas zonalarni asboblar paneliga chiqarish (BVM)yoʻqyoʻqyoʻq●●
Orqaga harakatlanishda toʻqnashuvning oldini olish (PCA)yoʻqyoʻqyoʻq●●
X-Line paketi
Yaltiroq qora panjara, bamper va ostona qoplamalariyoʻqyoʻqyoʻq●●
Sport uslubidagi rul va pedallardagi metall qoplamalaryoʻqyoʻqyoʻq●●
↑
Exit mobile version