Статья доступна на русском языке.
UzAuto Motors Tracker uchun chegirmani ikki baravar oshirdi. 2026-yil 13-noyabrdan pulini birdaniga toʻlagan xaridor Tracker Redline uchun 235 474 080 soʻm beradi, bu preyskurantdan 47 mln soʻm arzon.
Avval Redline uchun chegirma 22 mln soʻm edi.
Tracker 47 mln soʻmga arzonladi
| Komplektatsiya | Toʻliq toʻlovdagi narx | Chegirma |
|---|---|---|
| Tracker LS Plus | 198 451 360 soʻm | 22 500 000 soʻm |
| Tracker LTZ Plus | 209 108 480 soʻm | 35 000 000 soʻm |
| Tracker Premier Plus | 227 656 160 soʻm | 45 000 000 soʻm |
| Tracker Redline | 235 474 080 soʻm | 47 000 000 soʻm |
Onix 25 mln soʻmga arzonladi
| Komplektatsiya | Toʻliq toʻlovdagi narx | Chegirma |
|---|---|---|
| Onix 3LT MT | 164 750 000 soʻm | 20 000 000 soʻm |
| Onix LTZ Turbo AT | 182 399 840 soʻm | 17 500 000 soʻm |
| Onix Premier 2 Plus | 196 640 160 soʻm | 25 000 000 soʻm |
| Onix Redline | 205 624 800 soʻm | 25 000 000 soʻm |
Onix Redline endi Tracker LTZ Plusdan 3,5 mln soʻm arzon turadi.
Tracker boʻlib toʻlashga chegirmasiz sotiladi
Banklar orqali foizsiz boʻlib toʻlashda Tracker toʻliq narxda sotiladi. Ikki kun oldin Kapitalbankda boshlangʻich toʻlov 25% ga tushdi, muddat 3 yil.
Tracker Premier Plus boʻlib toʻlashda 272 656 160 soʻm turadi, bu birdaniga toʻlagandagidan 45 mln soʻm qimmat. Bank krediti bilan solishtirsak, 3 yilda bunday ortiqcha toʻlov yillik 16,9% stavkaga teng.