Haval foizsiz muddatli to‘lov

Haval avtomobillari endi foizsiz nasiya savdoda! Jolion, M6, H6 va Dargo modellari uchun eng qulay shartlar bilan muddatli to‘lov imkoni yaratildi — Haval narxlari va har oylik to‘lovlar oldindan ma’lum, yashirin foizlarsiz.

Haval O‘zbekistondagi xaridorlarga Jolion, M6, H6 va Dargo modellari uchun foizsiz muddatli to‘lov taklif qilmoqda.

To‘lov shartlari dastlabki badal miqdoriga qarab farqlanadi: avtomobil narxining 50 foizini to‘lagan xaridor qolgan qismini 18 oy davomida foizsiz nasiya asosida to‘lashi mumkin. Barcha hisob-kitoblar sug‘urta va lizing kompaniyasi komissiyasi inobatga olingan holda taqdim etilgan.

Haval uchun foizsiz muddatli to‘lov shartlari

To‘lovlar hamkor lizing kompaniyasi orqali rasmiylashtiriladi — avtomobil to‘liq to‘lov yakunlangunga qadar ushbu kompaniya nomida bo‘ladi.

So‘ngra avtomobil xaridor nomiga o‘tkaziladi.

Dastlabki to‘lov To‘lov muddati
30% 12 oy
50% 18 oy
75% 48 oy

Muddatli to‘lovni rasmiylashtirish uchun qo‘shimcha xarajatlar mavjud:

  • 1% dan boshlab — avtomobilga zarar yetishi, o‘g‘irlanishi yoki yo‘q bo‘lishiga qarshi sug‘urta;
  • 2% — lizing kompaniyasi komissiyasi.

Quyida Haval brendining mashhur modellari bo‘yicha 18 oylik Haval nasiya savdo hisob-kitoblari keltirilgan. Avtokredit sug‘urtasi va komissiya summasi dastlabki badalga kiritilgan.

Haval Jolion

Jolion — O‘zbekistonda eng ommabop Haval krossoveri: 2025 yilning dastlabki uch oyida 422 dona sotilgan. Model yorqin dizayn, keng salon va zamonaviy texnologiyalarni taklif etadi. 1.5 litrli turbomotor va robotlashtirilgan uzatma bilan jihozlangan.

HAVAL Jolion texnik xususiyatlari

Ko‘rsatkich Qiymat
O‘lchamlar (U × E × B), mm 4472 × 1874 × 1581
G‘ildirak bazasi, mm 2700
Yerdan balandlik, mm 190
Dvigatel turi 4 silindrli, benzinli, turbinali
Hajmi, sm³ 1497
Maksimal quvvat 143 ot kuchi (105 kVt) @ 5600–6000 ayl/min
Moment 210 Nm @ 2000–4400 ayl/min
Uzatma 7 bosqichli robot, ho‘l ikkilik mufta bilan
Uzatilish Old g‘ildirak (2WD)
Old osma Mustaqil, McPherson turi, barqarorlashtiruvchi bilan
Orqa osma Yarim mustaqil, burama travers, gidravlik amortizatorlar
Og‘irlik, kg 1445
Yoqilg‘i sarfi (aralash), l/100 km 8,1
Yoqilg‘i baki hajmi, l 55
Yoqilg‘i turi AI-92 va undan yuqori benzin

Jolion narxi: Haval Jolion Nasiya Savdosi va lizing shartlar

Komplektatsiya va Haval narxi Dastlabki to‘lov 50% (so‘m) Oylik to‘lov (so‘m, 18 oy)
Jolion Prestige 1.5T 2WD
279 900 000 so‘m
143 299 500 7 775 000
Jolion Prestige+ 1.5T 4WD
309 900 000 so‘m
159 049 500 8 608 333
Jolion Premium 1.5T 4WD
329 900 000 so‘m
169 549 500 9 163 889

 

Haval H6

Model ikki xil turbomotor bilan taklif qilinadi: 1.5T old g‘ildirakdan tortish va 2.0T to‘liq tortish tizimi. H6 shahardagi harakatlar uchun ham, uzoq masofalarga sayohat qilish uchun ham qulay. Hattoki boshlang‘ich komplektatsiyada ham yuqori darajadagi qulaylik va xavfsizlik ta’minlangan.

HAVAL H6 texnik xususiyatlari

Parametr 1.5T 2WD 7DCT 2.0T 4WD 7DCT
Maksimal quvvat 143 ot kuchi 204 ot kuchi
Uzatmalar qutisi 7 pog‘onali robot (DCT) 7 pog‘onali robot (DCT)
Tortish turi Old g‘ildirakli To‘liq g‘ildirakli
Yo‘l harajati (aralash tsikl) 7,2 l/100 km 8,1 l/100 km
0–100 km/soatgacha tezlanish 9,7 soniya 8,2 soniya
Yukxona hajmi 600 l 600 l
Haval H6 komplektatsiyasi va narxi 50% boshlang‘ich to‘lov (so‘m) Oylik to‘lov (18 oy, so‘m)
H6 Comfort 1.5T 2WD
324 900 000 so‘m
167 323 500 9 025 000
H6 Prestige 1.5T 2WD
354 900 000 so‘m
182 773 500 9 858 333
H6 Premium 1.5T 2WD
369 900 000 so‘m
190 498 500 10 275 000
H6 Prestige 2.0T 4WD
374 900 000 so‘m
193 073 500 10 413 889
H6 Premium 2.0T 4WD
389 900 000 so‘m
200 798 500 10 830 556

Haval Dargo

Haval Dargo — bu brutal ko‘rinishga ega, yo‘ltanlamas imkoniyatlari bilan ajralib turuvchi krossover. Model 2.0 litrli turbomotor va to‘liq (4WD) uzatma bilan jihozlangan.

O‘zbekistonda Haval Dargo Prestige va Premium komplektatsiyalarda, to‘liq privod bilan taklif qilinmoqda.

HAVAL DARGO texnik xarakteristikasi

Ko‘rsatkich 2.0T 4WD 7DCT
Maksimal quvvat 192 ot kuchi
Uzatma 7 pog‘onali robot (ho‘l mufta)
Privod turi To‘liq (4WD)
Yoqilg‘i sarfi (aralash tsikl) 8,5 l/100 km
0–100 km/soatgacha tezlanish 9,0 soniya
Yerdan balandlik (klirens) 200 mm
Bagaj hajmi 457–1129 litr
Yoqilg‘i baki hajmi 60 litr
Haval Dargo komplektatsiyasi va narxi 50% boshlang‘ich to‘lov (so‘m) Oylik to‘lov (so‘m, 18 oy)
Dargo Prestige 2.0T 4WD
399 900 000 so‘m
206 898 500 11 494 444
Dargo Premium 2.0T 4WD
429 900 000 so‘m
222 348 500 12 327 778
Exit mobile version