Gentra Shartnomalar Ochiladi

8-may kuni soat 10:00 da 4 500 dona Chevrolet Lacetti avtomobili uchun kontraktatsiya ochilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, Damas va Labo avtomobillarini ham sotib olish uchun shartnoma tuzish mumkin bo‘ladi. Avtomobillar narxi o‘zgarmaydi! Bundan tashqari, yaqin kunlarda Chevrolet Cobalt avtomobili yangilangan modifikatsiyada ishlab chiqariladi.

8-may kuni soat 10:00 da Chevrolet Lacetti Gentra avtomobillarini sotib olish uchun kontraktatsiya boshlanadi. Savdo uchun ajratilgan 4 500 dona avtomobil barcha shartnoma tuzmoqchi bo‘lgan xaridorlar uchun hozirda mavjud. Shu bilan birga, Damas va Labo modellari uchun ham kontraktatsiya ochiladi. Muhim jihati shundaki, avtomobillar narxi o‘zgarmasdan qoladi.

Lyuksiz Gentra

Ertaga 4500 ta Chevrolet Lacetti/Gentra ikkita trim darajasida sotuvga chiqariladi:

🔸Lacetti L-STYLE MT PLUS 143 634 000 so’m
🔸Lacetti L-STYLE AT PLUS wo CF5 (lyuksiz) 167 440 000 so’m

Mashinalar 2023 VIN bo’ladi.

UzAuto Motors yaqin orada yangilangan Chevrolet Cobalt modelini ishlab chiqarishni boshlaydi, bu modifikatsiya avtomobilning tashqi ko‘rinishidagi qisman restaylingni o‘z ichiga oladi. Ushbu yangilanishlar va yangi modelni kontraktatsiya qilish vaqti haqida keyinchalik qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Shartnoma tuzish faqat savdo.uzavtosanoat.uz sayti orqali amalga oshiriladi. Telegram-bot va UzAvtosavdo ilovasi navbatni kuzatish va mavjud avtomobillar haqida ma’lumot olish imkoniyatini beradi.

Exit mobile version