Faqat “Cherez Bank” – Endi avto sotib olishda faqat bank orqali mumkinmi?

Yangi O‘zbekistonda eski buyurtmalar: hukumatning avtomobillar va ko‘chmas mulk sotib olishda naqd puldan foydalanishni taqiqlash rejasidan xabar topildi.

Hukumat tomonidan ko‘chmas mulk va avtomobillar savdosi naqd pulsiz shaklda amalga oshirilishi ko‘zda tutilmoqda. Ushbu choralar, naqd puldan foydalanishni kamaytirish va yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish maqsadida ishlab chiqilgan. Endilikda, jismoniy va yuridik shaxslar o‘rtasidagi ko‘chmas mulk hamda avtomobil bitimlari faqat bank ma’lumotlari yoki naqd pulsiz to‘lovni tasdiqlovchi hujjatlarga asoslanib, elektron hisobvaraq-fakturalar yordamida notarial tasdiqlanadi.

uy-joy, ko‘chmas mulk va avtotransport vositalarini sotuvi faqat naqd pulsiz hisob-kitoblar asosida amalga oshiriladi. Bunda jismoniy shaxslar tomonidan mazkur oldi-sotdi shartnomalarini bank ma’lumotlari asosida, yuridik shaxslar tomonidan esaelektron hisobvaraq-faktura orqali naqd pulsiz hisobkitoblarning amalga oshirilganliginitasdiqlovchi hujjat mavjud bo‘lgan taqdirda notarial rasmiylashtiriladi.

Biroq, ushbu tadbirning samaradorligi shubha ostida qolmoqda, chunki amaliyotda ko‘p hollarda shartnomalarda rasmiy narxni pasaytirib ko‘rsatish va asosiy mablag‘lar naqd ko‘rinishda o‘tkazilishi mumkin.

Bu esa, shaffoflikni ta’minlash maqsadiga zid ravishda, fiktivniy narxlarni ko‘rsatish orqali naqd pulsiz hisob-kitoblarning faqat kichik qismini amalga oshiradi.

O‘zbekiston hukumati, prezident qarori loyihasi asosida, jamiyat muhokamasi uchun hali e’lon qilinmagan hujjat ustida ish olib bormoqda. Bu jarayon “Gazeta.uz” nashri orqali jamoatchilikka oshkor qilindi.

Shuningdek, 2024-yil 1-maydan boshlab, ko‘chmas mulk va transport vositalarini sotish bo‘yicha faqat naqd pulsiz hisob-kitoblar asosida amalga oshirish ko‘zda tutilmoqda. Agar tovar va xizmatlar narxi 3000 AQSh dollari miqdoridan oshsa, ularni ham faqat naqd pulsiz shaklda to‘lash taklif qilinadi, bu avvalroq belgilangan chegaraviy miqdordan ancha yuqori.

Exit mobile version