Cobalt halol nasiya: foizsiz bo’lib to’lash ochadi

Chevrolet Cobalt endi halol nasiya asosida bo'lib to'lash mumkin. UzAuto Motors avtosalonlari Cobalt muddatli to'lovni rasmiy ishga tushirdi: foizsiz, penyasiz, jarimasisz.

UzAuto Motors avtosalonlari Chevrolet Cobalt avtomobilini halol moliyalashtirish asosida muddatli to’lovga taklif qilmoqda: foizsiz, penyasiz, jarimasisz. Faqat belgilangan ustama (savdo ustamasi) bor, u 50 mln so’mgacha yetadi. Shu ustamani yillik foizga aylantirsak, 28% gacha chiqadi. Bu oddiy avtokreditdagi foiz stavkasidan ham yuqori.

Rassrochka islomiy banking modeli bo’yicha bank orqali rasmiylashtiriladi. Foiz stavkasi o’rniga savdo ustamasi (ustama) belgilanadi.

«Foizsiz» degan gap rassrochka bepul yoki hech bo’lmaganda kreditdan arzonroq degan taassurot qoldiradi. Lekin bu shunday emas: qarz summasiga nisbatan ustama 42,6% gacha yetadi.

Kimga halol format muhim bo’lsa, bu uslub to’g’ri tanlov bo’lishi mumkin. Lekin kimga narx muhimroq bo’lsa, oddiy avtokredit olgan ma’qul, chunki muddatidan oldin to’laganda ortiqcha to’lov kamroq bo’ladi.

Cobalt halol nasiya: «foizsiz» rassrochka aslida qanchaga tushadi?

Boshlang’ich to’lov: 30% yoki 50%. Muddat: 18, 24 yoki 36 oy.

Ustama miqdori boshlang’ich to’lov va muddatga bog’liq. Eng arzon variantda (50%, 18 oy) ustama qarz summasining 17,4% ini tashkil qiladi. Eng qimmat variantda (30%, 36 oy) ustama 42,6% gacha ko’tariladi va ortiqcha to’lov deyarli 50 mln so’mga yetadi.

Chevrolet Cobalt bo’lib to’lash shartlari

Samarali stavka
23–28%
yillik
Maks. ortiqcha to’lov
49,2 mln
30% / 36 oy
Midnight MCM
165 200 000 so’m
To’lov Muddat Oylik to’lov Ustama Jami Stavka
30% (49,6 mln) 18 oy 7 681 800 22 632 400 187 832 400 ~26%
30% (49,6 mln) 24 oy 6 112 400 31 057 600 196 257 600 ~27%
30% (49,6 mln) 36 oy 4 579 711 49 229 600 214 429 600 ~28%
50% (82,6 mln) 18 oy 5 387 356 14 372 400 179 572 400 ~23%
50% (82,6 mln) 24 oy 4 267 667 19 824 000 185 024 000 ~24%
50% (82,6 mln) 36 oy 3 175 511 31 718 400 196 918 400 ~25%
Style MCM
156 100 000 so’m
To’lov Muddat Oylik to’lov Ustama Jami Stavka
30% (46,8 mln) 18 oy 7 258 650 21 385 700 177 485 700 ~26%
30% (46,8 mln) 24 oy 5 775 700 29 346 800 185 446 800 ~27%
30% (46,8 mln) 36 oy 4 327 439 46 517 800 202 617 800 ~28%
50% (78,1 mln) 18 oy 5 090 594 13 580 700 169 680 700 ~23%
50% (78,1 mln) 24 oy 4 032 583 18 732 000 174 832 000 ~24%
50% (78,1 mln) 36 oy 3 000 589 29 971 200 186 071 200 ~25%

O’zbekiston avtobozorida halol nasiya allaqachon bor edi, lekin bunday moliyalashtirishni odatda xitoy mashinalarini olib keladigan kulrang importchilar taklif qilardi.

O’tgan yili UzAuto Motors Onix va Tracker uchun xuddi shunday shart taklif qilgan edi: foizsiz rassrochka, lekin naqd pul bilan sotib olgandagi chegirma ham yo’q.

Endi navbat Cobaltga yetdi: banklar va avtosalonlar Cobalt uchun ham foizsiz muddatli to’lovni yo’lga qo’yishdi.

Lekin «foizsiz» degani moliyaviy konstruktsiyani ta’riflaydi, rassrochkaning narxini emas. Bepul hech narsa bo’lmaydi. Bank qoldiqqa foiz hisoblamaydi, lekin yillik 23-28% foiz allaqachon qarz tanasiga kiritilgan.

Qarzga olingan pul bir xil turadi, shartnomada qanday nomlansa ham.

Cobalt bo’lib to’lash, Cobalt muddatli to’lov, Cobalt rassrochka, Cobalt narxi, Cobalt nasiya, Cobalt halol nasiya, Cobalt kredit, Cobalt oylik to’lov
Exit mobile version