Avtosalonlar Cobaltni 22 mln soʻm boshlangʻich toʻlov bilan sota boshladi

UzAuto Motors avtosalonlari Chevrolet Cobaltni 15% boshlangʻich toʻlov bilan kreditga beryapti. Style MCM uchun bu 22 mln soʻm, Midnight MCM uchun 25 mln. Yillik foiz 26,99%.

Статья доступна на русском языке.

UzAuto Motors avtosalonlari Chevrolet Cobaltni 15% boshlangʻich toʻlov bilan kreditga beryapti. Style MCM uchun 21 915 000 soʻm, Midnight MCM uchun 24 780 000 soʻm toʻlash kerak.

Kreditni Davr Bank yillik 26,99% bilan besh yilgacha beradi. Style MCM bu kreditda chegirma bilan, 146 100 000 soʻmga sotiladi. Midnight MCM 165 200 000 soʻm turadi, bu versiyaga chegirma yoʻq.

Besh yilda Midnight MCM boshlangʻich toʻlov bilan birga 282 mln soʻmga tushadi.

Boshqa banklarda boshlangʻich toʻlov kattaroq, lekin foiz pastroq. Kapitalbankda boshlangʻich toʻlov 25%, yillik foiz 12,5% dan 15% gacha. Asakabankda boshlangʻich toʻlov 20%, yillik foiz 15% gacha.

Cobalt Style MCM 22 mln soʻm boshlangʻich toʻlov bilan

Chevrolet Cobalt Style MCM, chegirma bilan 146 100 000 soʻm
Boshlangʻich toʻlov 15%: 21 915 000 soʻm, yillik 26,99%
Muddat va oylik toʻlov Cobaltning jami narxi
12 oy
11 923 315 soʻm
164 994 780 soʻm
24 oy
6 752 579 soʻm
183 976 896 soʻm
36 oy
5 069 213 soʻm
204 406 668 soʻm
48 oy
4 256 646 soʻm
226 234 008 soʻm
60 oy
3 791 287 soʻm
249 392 220 soʻm

Oyma-oy toʻlov jadvali Cobalt avtokrediti haqidagi maqolada bor.

Cobalt Midnight MCM 25 mln soʻm boshlangʻich toʻlov bilan kreditga

Chevrolet Cobalt Midnight MCM, 165 200 000 soʻm
Boshlangʻich toʻlov 15%: 24 780 000 soʻm, yillik 26,99%
Muddat va oylik toʻlov Cobaltning jami narxi
12 oy
13 482 078 soʻm
186 564 936 soʻm
24 oy
7 635 359 soʻm
208 028 616 soʻm
36 oy
5 731 923 soʻm
231 129 228 soʻm
48 oy
4 813 127 soʻm
255 810 096 soʻm
60 oy
4 286 931 soʻm
281 995 860 soʻm

15% boshlangʻich toʻlov bilan Cobalt krediti kimlarga beriladi

Kredit rasmiy daromadi bor fuqarolarga va oʻzini oʻzi band qilganlarga beriladi. Toshkent shahri, Toshkent, Samarqand, Buxoro yoki Xorazm viloyatida doimiy roʻyxatda turish kerak.

Hamma kreditlarning oylik toʻlovi daromadning yarmidan oshmasligi kerak. Boshqa krediti boʻlmagan xaridorga Midnight MCMni besh yilga olish uchun oyiga kamida 8,6 mln soʻm daromad kerak.

Oktabrda UzAuto Motors Cobalt boshlangʻich toʻlovsiz muddatli toʻlovga sotilayotgani haqidagi xabarlarni rad etdi.

Cobalt sotuvi 2026-yilning toʻqqiz oyida oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 27,4% ga kamaydi.

↑
Exit mobile version