Yangi Damas narxi 2025: Damas Max va Damas Move qancha turadi?
UzAuto Motors yangi Chevrolet Damas Max va Damas Move modellarini rasman taqdim etdi. Yangi Damas narxi 134 milliondan 154 million so’mgacha — bu eski Damasdan 40-60% qimmat.
Yangi Damas narxlari
Damas Max narxi (yuk tashish uchun):
- 1.2L dvigatel — 134 439 000 so’m
- 1.5L dvigatel — 142 471 000 so’m
Damas Move narxi (yo’lovchi uchun):
- 1.2L bazaviy (LV0) — 139 675 000 so’m
- 1.2L to’liq (LV1) — 144 563 000 so’m
- 1.5L bazaviy (LV0) — 149 011 000 so’m
- 1.5L to’liq (LV1) — 154 128 000 so’m
Sotuvlar 2025-yil yanvar oyida boshlanadi.
| Цена Chevrolet Damas Narxi 2025 | Цена (сум) |
|---|---|
| Damas D2 Style Plus DLX B60 A90 (Deluxe пассажирский) | 96,932,000 |
| D3 STYLE Kombi | 96,449,000 |
| Damas D11 (грузовой) | 93,156,000 |
| LABO LB2 Plus New MXH T79 (пикап) | 96,370,000 |
| Цена на новый Damas | |
| Damas Max VAN 1.2 LV0 | 134,439,000 |
| Damas Max VAN 1.5 LV0 | 142,471,000 |
| Damas Move PAS 1.2 LV0 | 139,675,000 |
| Damas Move PAS 1.2 LV1 | 144,563,000 |
| Damas Move PAS 1.5 LV0 | 149,011,000 |
| Damas Move PAS 1.5 LV1 | 154,128,000 |
Super Damas Max va Damas Move — bu qanday mashina?
Yangi Damas aslida Xitoyning Wuling Hongguang V modeli. Meksikada u Chevrolet Tornado Van (Chevrolet N400) nomi bilan sotiladi. Chevrolet logotipi bo’lsa-da, bu GM injenerlarining ishi emas — SAIC-GM-Wuling qo’shma korxonasining Xitoy ishlanmasi.
Texnik xususiyatlar
Yangi modelda ikkita atmosferali dvigatel mavjud: 1.2 litrli (81 ot kuchi) 5 pog’onali mexanika bilan va 1.5 litrli (103 ot kuchi) 6 pog’onali mexanika bilan. Eski Damasda atigi 38 ot kuchi bor edi.
Asosiy o’zgarishlar: uzunligi 930 mm ga oshgan (4425 mm), yuk ko’tarish qobiliyati 650 kg ga yetgan, yuk bo’limi hajmi 3050 litr. Yo’lovchi versiyasi 7 kishilik.
Xavfsizlik jihatidan ham yaxshilandi: 2 ta havo yostig’i, ABS, EBD va barqarorlik tizimi qo’shildi. Eski modelda bularning hech biri yo’q edi.
Eski Damas ishlab chiqarilishda qoladi
UzAuto Motors eski Damas ishlab chiqarishni davom ettirishini ma’lum qildi. Xaridorlar 30 yillik klassikani 97 million so’mga yoki yangi modelni 154 milliongacha sotib olishlari mumkin.
Narxlardagi paradoks
Qiziq hisob-kitob chiqadi: 30 yil davomida mahalliy qismlardan yig’ilgan eski Damas — 97 million so’m ($7,500). Xitoyda $6,500 turadigan yangi model esa O’zbekistonda $10,500-12,000 ga sotiladi. Xitoy narxidan deyarli ikki barobar qimmat — va bu barcha soliq imtiyozlari bilan birga.
Arzon «xalq marshrutkasi»ni almashtirish rejasi amalga oshmadi.
