Yangi Damas narxi 2026: barcha pozitsiyalar va texnik xususiyatlar

UzAuto Motors yangi Chevrolet Damas sotuvini rasman boshladi. Shartnoma tuzish uchun mamlakatdagi barcha rasmiy dilerlik markazlariga shaxsan tashrif buyurish kerak. Onlayn shartnoma tizimi yangi Damas uchun ishlamaydi.

Yangi Damas narxi 134 milliondan boshlanib, 154 million so’mgacha boradi. Eski Damas narxi hozirda 97 million so’m atrofida. Ya’ni narxlar farqi 40-60 foizni tashkil qiladi.

Yangi Damas aslida qanday mashina?

Yangi Damas bu Xitoyning Wuling Hongguang V modeli. Meksikada aynan shu mashina Chevrolet Tornado Van nomi bilan sotiladi. Panjarada Chevrolet emblema turibdi, lekin avtomobilning General Motors muhandisligiga aloqasi deyarli yo’q. Bu SAIC-GM-Wuling qo’shma korxonasining Wuling Motors ishlab chiqarishi.

Xitoyda benzinli Wuling Hongguang V 46 500 dan 60 900 yuangacha, ya’ni $6 400 — 8 400 turadi. O’zbekistonda xuddi shu mashina Chevrolet yozuvi bilan $11 000 — 13 000 ga sotilmoqda. «Mahalliy ishlab chiqaruvchi» maqomidagi barcha soliq imtiyozlariga qaramay, narx Xitoynikidan 40-60% qimmat.

Damas Max va Damas Move: yuk va yo’lovchi variantlari

Yangi Damas narxlari 2026: pozitsiyalar bo’yicha batafsil

DAMAS MAX VAN 1.2 LV0: 134 439 000 so’m Yuk furgoni, 2 o’rindiq. 1.2 litr dvigatel, МТ-5. ABS, EBD, 2 ta yostiq, masofadan boshqariladigan kalit, markaziy qulf, signalizatsiya. Konditsioner opsiya sifatida. ESC va immobilayzer yo’q.

DAMAS MAX VAN 1.5 LV0: 142 471 000 so’m Xuddi shu furgon, lekin 1.5 litr dvigatel va МТ-6. ESC va immobilayzer qo’shilgan. Qolgan jihatlari bir xil.

DAMAS MOVE PAS 1.2 LV0: 139 675 000 so’m Yo’lovchi versiyasi, 8 o’rindiq (ikkinchi qator 2+1). 1.2 litr dvigatel, МТ-5. ABS, EBD, ISOFIX, isitgich, po’latdan yasalgan R14 disklar, 2 ta dinamik. ESC yo’q, markaziy qulf yo’q, signalizatsiya yo’q. Konditsioner qo’shimcha to’lov evaziga.

DAMAS MOVE PAS 1.2 LV1: 144 563 000 so’m Yo’lovchi versiyasi, 7 o’rindiq (ikkinchi qatorda kapitan kreslorlari). 1.2 litr dvigatel, МТ-5. LV0 dagi hamma narsa + ikki zonali konditsioner, elektr oyna ko’targichlar, markaziy qulf, masofadan boshqariladigan kalit, signalizatsiya, yengil qotishmali R14 disklar, kuzov rangidagi oynalar, tumanoqa faralar, ko’zguili soyabonlar, 4 ta dinamik. Ammo ESC hali ham yo’q.

DAMAS MOVE PAS 1.5 LV0: 149 011 000 so’m Yo’lovchi versiyasi, 8 o’rindiq. 1.5 litr dvigatel, МТ-6. 1.2 LV0 bilan bir xil, lekin ESC, markaziy qulf, masofadan boshqariladigan kalit, signalizatsiya va immobilayzer qo’shilgan. Konditsioner opsiya.

DAMAS MOVE PAS 1.5 LV1: 154 128 000 so’m Eng to’liq komplektatsiya. 7 o’rindiq, 1.5 litr dvigatel, МТ-6. ESC, ikki zonali konditsioner, immobilayzer, elektr oyna ko’targichlar, yengil qotishmali disklar, tumanoqa faralar, 4 ta dinamik, kuzov rangidagi oynalar. Damas narxlari orasida eng yuqori narx aynan shu komplektatsiyaga to’g’ri keladi.

Цена Chevrolet Damas Narxi 2026Цена (сум)
Damas D2 Style Plus DLX B60 A90 (Deluxe пассажирский)96,932,000
D3 STYLE Kombi96,449,000
Damas D11 (грузовой)93,156,000
LABO LB2 Plus New MXH T79 (пикап)96,370,000
Цена на новый Damas
Damas Max VAN 1.2 LV0

Грузовой фургон, 2 места.
Мотор 1.2, МТ-5. ABS, EBD, 2 подушки, ключ с пультом, центральный замок, сигнализация.

Без кондиционера.

Без ESC, без иммобилайзера.
134,439,000
Damas Max VAN 1.5 LV0

Тот же фургон, но с мотором 1.5, МТ-6. Добавляется ESC, иммобилайзер.
142,471,000
Damas Move PAS 1.2 LV0
8 мест (второй ряд 2+1). Мотор 1.2, МТ-5.

ABS, EBD, ISOFIX, печка, без кондиционера, стальные диски R14, 2 динамика. Без ESC, без центрального замка, без сигнализации.
139,675,000
Damas Move PAS 1.2 LV1

Пассажирский, 7 мест (капитанские кресла). Мотор 1.2, МТ-5. Всё из LV0 + двухзонный кондиционер, электростеклоподъёмники, центральный замок, ключ с пультом, сигнализация, легкосплавные диски R14, зеркала в цвет кузова, противотуманки, козырьки с зеркалами, 4 динамика. Без ESC.
144,563,000
Damas Move PAS 1.5 LV0
Пассажирский, 8 мест. Мотор 1.5, МТ-6. Как 1.2 LV0, но добавляется ESC, центральный замок, ключ с пультом, сигнализация, иммобилайзер.

Без кондиционера.
149,011,000
Damas Move PAS 1.5 LV1

Максимальная комплектация. 7 мест, мотор 1.5, МТ-6. ESC, двухзонный кондиционер, иммобилайзер, электростеклоподъёмники, легкосплавные диски, противотуманки, 4 динамика, зеркала в цвет кузова.
154,128,000

Yangi Damas ikki xil versiyada chiqariladi: yuk tashish uchun MAX (furgon, 2 o’rindiq) va yo’lovchilar uchun MOVE (haydovchi bilan birga 7-8 o’rindiq).

Ikkala versiya ham ikki xil dvigatel bilan mavjud: 1.2 litrlik (81 ot kuchi) МТ-5 mexanik uzatmalar qutisi va 1.5 litrlik (103 ot kuchi) МТ-6 mexanik uzatmalar qutisi. Ikkala dvigatel ham atmosferali, to’rt silindrli, Yevro-5 standarti. Solishtirib ko’ring: eski Damasda 0.8 litrlik, 38 ot kuchli, Yevro-2 standartidagi dvigatel bor edi.

O’lchamlari sezilarli o’sgan: uzunligi 4425 mm (eski Damasda 3495 mm), kengligi 1670 mm (eski Damasda 1400 mm), g’ildirak bazasi 2850 mm. Aslida bu butunlay boshqa toifadagi avtomobil. Yuk ko’tarish qobiliyati 650 kg, Max versiyasida yuk bo’lmasi hajmi 3050 litr.

Barcha komplektatsiyalarda 2 ta xavfsizlik yostig’i, ABS, EBD, elektr gidrousiliteli rul boshqaruvi va oldinga diskli tormozlar mavjud. Eski Damasda bularning birortasi yo’q edi.

Damas komplektatsiyalari orasidagi farq nimada?

1.2 l. МТ-5 (81 o.k.) 1.5 l. МТ-6 (103 o.k.)
MAX LV0 MOVE LV0 MOVE LV1 MAX LV0 MOVE LV0 MOVE LV1
UMUMIY MA’LUMOTLAR
Kuzov turi Furgon Yo’lovchi Yo’lovchi Furgon Yo’lovchi Yo’lovchi
O’rindiqlar soni 2 8 7 2 8 7
Haydash turi Orqa
Uzunlik / Kenglik / Balandlik, mm 4425 / 1670 / 1860
G’ildirak bazasi, mm 2850
Yonilg’i baki hajmi, l 45
Yuk ko’tarish qobiliyati, kg 650
Aralash yonilg’i sarfi, l/100 km 6,5
DVIGATEL VA TRANSMISSIYA
Dvigatel turi Atmosferali, 4 silindrli
Ish hajmi, l 1,2 1,5
Maksimal quvvat 60 kVt / 81 o.k. 76 kVt / 103 o.k.
Maksimal burama moment 120 Nm 140 Nm
Transmissiya turi МТ-5 МТ-6
YURISH QISMI
Old osma Makferson
Orqa osma Qaram, yaproqli ressorali
Old tormozlar Diskli
Orqa tormozlar Barabanli
Rul boshqaruvi Elektrousiliteli
Shina R14
XAVFSIZLIK
Xavfsizlik yostiqlari 2 2 2 2 2 2
ABS
EBD
ESC (barqarorlik tizimi)
Masofadan boshqariladigan kalit
Markaziy qulf
Mexanik qo’l tormozi
ISOFIX
Immobilayzer
Signalizatsiya
QULAYLIK
Ikki zonali konditsioner (old va orqa)
Bir zonali konditsioner
Isitgich
Mato bilan qoplangan salon
Old o’rindiqlarni 4 yo’nalishda sozlash
7 o’rindiq (ikkinchi qator kapitan kreslorlari)
2-qator o’rindiqlarini 4 yo’nalishda sozlash
8 o’rindiq (ikkinchi qator 2+1)
2-qator o’rindiqlarini 2 yo’nalishda sozlash
3-qator o’rindiqlari (yig’iladigan)
Barcha o’rindiqlarda sozlanadigan bosh tirgaklari
Stakan qo’yish joylari
Elektr oyna ko’targichlar (old)
Yon oynalar qo’lda sozlanadigan
Quyosh soyaboni ko’zgu bilan
Quyosh soyaboni ko’zgusiz
MULTIMEDIA
Analogli asboblar paneli
Radio USB va Bluetooth bilan
Dinamiklar 2 2 4 2 2 4
TASHQI KO’RINISH
Po’lat disklar R14
Yengil qotishmali disklar R14
To’liq o’lchamli po’lat zaxira g’ildirak
Kuzov rangidagi yon oynalar
Old galogen faralar
Old tumanoqa faralar
● mavjud    ○ opsiya    — yo’q

 

Mantiq oddiy: 1.5 litrlik dvigatel ESC va xavfsizlik tizimlarini (immobilayzer, signalizatsiya, markaziy qulf) qo’shadi. LV1 darajasi esa qulaylik demak: ikki zonali konditsioner, elektr oyna ko’targichlar, yengil qotishmali disklar va 8 o’rindiq o’rniga 7 ta kapitan kreslosi.

LV0 va LV1 orasidagi farq taxminan 5 million so’m. Dvigatellar orasidagi farq esa taxminan 9,5 million so’m.

E’tibor bering: eng arzon yo’lovchi versiyasi 1.2 LV0 da markaziy qulf yo’q, signalizatsiya yo’q, ESC yo’q. 139 million so’mga. Konditsioner ham qo’shimcha pul talab qiladi.

Eski Damas narxi va yangi Damas narxi: taqqoslash

UzAuto Motors eski Damas ishlab chiqarishni davom ettirishini ma’lum qildi. Hozirgi eski Damas narxi taxminan 97 million so’m. Yangi model bilan farq 37 dan 57 million so’mgacha.

O’tgan yilning may oyida Prezident Yevro-5 standartidagi arzon 7 o’rindiqli avtomobil ishlab chiqarishni topshirgan edi. 140-154 million so’mlik Damas Move ni «arzon avtomobil» deb atash biroz qiyin.

Exit mobile version