UzAuto Motors Cobalt Midnight narxi oshirilgani haqidagi xabarlarni rad etdi

UzAuto Motors Cobalt Midnight narxi oshirilgani haqidagi xabarlarni rad etdi: kompaniya barcha shartnomalar faqat rasmiy narxda rasmiylashtirilganini bildirgan. Narx farqi faqat mijoz istagiga ko‘ra o‘rnatilgan qo‘shimcha xizmatlar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Avtostrada’da Cobalt avtomobillari ayrim avtosalonlarda zavod narxidan yuqori narxlarda sotilayotgani haqida e’lon qilingan maqoladan so‘ng, UzAuto Motors “dilerlik korxonalari bilan mijozlar o‘rtasida tuzilgan shartnomalarni o‘rganish” ishlarini olib bordi.

UzAuto Motors vakili Avtostrada’ga bergan izohida, tekshiruv natijasiga ko‘ra Chevrolet avtomobillarini, jumladan Cobalt Midnight’ni xarid qilish bo‘yicha barcha shartnomalar zavod narxida rasmiylashtirilgani ma’lum qilindi.

UzAuto Motors avtosalonlari avtomobillarni faqat rasmiy narxlarda sotishi shart

Narx oshirilishi mumkin bo‘lgan yagona holat — bu mijoz istagi bilan o‘rnatiladigan qo‘shimcha uskunalar: gaz ballon jihozlari, signalizatsiya tizimi yoki boshqa dilerlik xizmatlari. Biroq bu faqat mijoz roziligi bilan amalga oshiriladi.

Shunga qaramay, avtomobil uchun chiqariladigan hisob-faktura (hisob- справка) va asosiy shartnomadagi narxlar UzAuto Motors tomonidan belgilangan rasmiy narxdan oshmasligi kerak. Har qanday qo‘shimcha xizmatlar uchun esa alohida shartnoma tuziladi.

Agar ushbu qoidalar buzilsa va UzAuto Motors avtomobillariga nisbatan narx sun’iy oshirilsa, kompaniya bunday holatlar haqida quyidagi raqamlarga xabar berishni tavsiya qilmoqda:
📞 Call-markaz: +998 78 141 77 77
📞 “Issiq liniya”: +998 78 140 76 70

Exit mobile version