Tracker va Onix rassrochka tugadi

Autostrada ma’lum bo‘lishicha Chevrolet Tracker va Onixni muddatli to‘lovga olishning so‘nggi kuni 31-may bo‘ladi.

Chevrolet Tracker va Onix uchun foizsiz muddatli to‘lov yakunlanmoqda

So‘nggi bir necha oy ichida UzAuto Motors kompaniyasining yangi modellari – Chevrolet Tracker va Onixni foizsiz muddatli to‘lov asosida xarid qilish mumkin bo‘ldi.

Autostrada’ga ma’lum bo‘lishicha, bu qulay to‘lov shakli tez orada to‘xtatiladi. Aksiya dastlab 30-aprelgacha amal qilishi belgilangan edi, biroq keyinchalik may oyi oxirigacha uzaytirildi.

Agar muddat yana uzaytirilmasa, Chevrolet Tracker va Onixni muddatli to‘lovga olishning so‘nggi kuni 31-may bo‘ladi.

Eslatma: Ushbu ma’lumotni rasmiy manbalardan tezkor ravishda tasdiqlash yoki rad etishning imkoni bo‘lmadi. Biroq, agar siz Chevrolet Tracker yoki Onix avtomobilini foizsiz muddatli to‘lov asosida xarid qilishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, shartnoma tuzishni bugun yoki ertaga amalga oshirishingiz tavsiya etiladi. Chunki aksiya muddati rasman yakunlangan bo‘lishi mumkin. 

Foizsiz to‘lov — kreditdan foydaliroqmi?

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, foizsiz muddatli to‘lov avtomobil to‘liq narxda sotib olinayotgan bo‘lsa-da, u ko‘plab hollarda avtokreditga qaraganda foydaliroq hisoblanadi.

Biroq bu faqat kreditni muddatidan oldin to‘lamaslik sharti bilan to‘g‘ri keladi. Agar kredit 12 oy ichida to‘liq yopilsa, unda avtokredit yanada foydali bo‘ladi. Ammo kredit bir yil ichida yopilmasa, foydadan ko‘ra ko‘proq ortiqcha to‘lov yuzaga keladi.

UzAuto Motors’dan Chevrolet Onix va Tracker uchun foizsiz to‘lov shartlari

Asosiy talab – mijozda yaxshi kredit tarixining mavjudligi va boshqa kreditlar bo‘yicha kechikkan qarzdorlik bo‘lmasligidir.

Rassrochkani doimiy yoki vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tgan hududingizdagi rasmiy dilerlik markazida rasmiylashtirish mumkin.

Muddatli to‘lov rasmiylashtirishda avtokredit sug‘urta talab qilinadi. Shuningdek, avtomobilga sotuvga zapret qo‘yish taqiqi qo‘yiladi.

Foizsiz muddatli to‘lov shartlari:

Tracker va Onix avtomobillari nalichida mavjud

Nashr e’lon qilingan paytda UzAuto Savdo platformasida quyidagi miqdorda avtomobillar mavjud:

Chevrolet Tracker narxlari (rassrochkada)

pozitsiya Narx (so‘m)
TRK LS 218 286 880
TRK LTZ 239 813 280
TRK PREMIER 264 843 040
TRK LS PLUS 220 951 360
TRK LTZ PLUS 244 108 480
TRK PREMIER PLUS 272 656 160
TRK PREMIER PLUS (klimat-kontrolsiz) 270 696 160
TRK REDLINE 282 474 080

Avtomobil Euro-5 katalizatori bilan jihozlangan bo‘lsa, narxga 3 136 000 so‘m qo‘shiladi.

Misol: TRK PREMIER PLUS uchun hisob-kitob:

Chevrolet Onix narxlari (rassrochkada)

pozitsiya Narx (so‘m)
LS MT 176 900 000
1LT MT 180 761 000
3LT MT 184 750 000
LTZ Turbo AT 199 899 840
Premier 1 Turbo AT 211 994 720
Premier 2 Turbo AT 219 580 480
Premier 2 Turbo AT PLUS 221 640 160
Premier 2 Turbo AT PLUS (wo C68) 219 692 480
TURBO AT REDLINE 230 624 800

Misol: Onix Premier 2 Turbo AT PLUS uchun hisob-kitob:

Exit mobile version