Статья доступна на русском языке.
| Jarimani qayerda tekshirish mumkin | Narxi |
|---|---|
| 8860 raqamiga SMS | 200 soʻmdan |
| my.gov.uz va MyGov ilovasi | bepul |
| E-Jarima va @ejarimabot Telegram-boti | bepul |
| Road24, Hamroh, Safe Service | bepul |
Autostrada GAI shtraf tekshirish usullari haqida soʻzlab beradi.
Yoʻl harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar jadvalini koʻring.Moshina shtraf tekshirish usullari
8860 raqami orqali jarima tekshirish
8860 raqamiga SMS yuboring: avval avtomobil davlat raqami, boʻsh joy, keyin texpasport seriyasi va raqami (boʻsh joysiz). Masalan: 01R999XY AAC5447770.
Xizmat Uzmobile orqali ishlaydi. Soʻrov yuborish bepul, har bir qoidabuzarlik haqidagi javob narxi 500 soʻm, qoidabuzarlik yoʻqligi haqidagi javob esa 200 soʻm.
my.gov.uz orqali GAI jarimasini bilish
Jarimani onlayn tekshirish uchun OneID tizimida roʻyxatdan oʻtib, my.gov.uz portaliga kirish kerak.
Kamera jarimalari boʻyicha qarorlar portaldagi shaxsiy kabinetga keladi. MyGov ilovasini oʻrnatsangiz, jarimalar haqidagi maʼlumotni unda ham bepul va real vaqt rejimida koʻrasiz.
Yangi qaror haqida 6079 raqamidan SMS keladi. Agar bunday SMS kelmasa, telefon raqamini my.gov.uz profiliga bogʻlash kerak.
Portalda jarima ballarini ham bepul tekshirish mumkin.
E-Jarimada GAI va IIV jarimalarini tekshirish
E-Jarima IIVga qarashli portal. Unda YHQ buzilishi va boshqa maʼmuriy huquqbuzarliklar uchun jarimalar koʻrinadi.
Bu yerda jarimani pasport, bayonnoma yoki kvitansiya raqami boʻyicha tekshirish mumkin. Familiya boʻyicha jarimani tekshirib boʻlmaydi.
Jarimani E-Jarimaning rasmiy Telegram-boti @ejarimabot orqali ham bilsa boʻladi. Bot bayonnoma bor-yoʻqligini va jarima toʻlangan-toʻlanmaganini koʻrsatadi.
Jarimani Road24, Hamroh va Safe Service ilovalarida tekshirish
Jarimani Road24, Hamroh va Safe Service bepul ilovalarida ham tekshirsa boʻladi (Safe Road ilovasi Safe Service tarkibiga kirgan). Road24 va Hamrohda qoidabuzarlikning foto va videosi koʻrinadi.
UzEMI jarima nima
UzEMI bu «Elektron maʼmuriy ish» tizimining SMS yuboruvchi nomi. Sizga maʼmuriy jarima, jumladan GAI jarimasi solinsa, UzEMI nomidan SMS keladi. Xabarda qaror raqami koʻrsatiladi.
Firibgarlar jarima haqida soxta SMS yuboradi, undagi havola karta maʼlumotlari soʻraladigan qalbaki saytga olib boradi. Bu sxema qanday ishlaydi.Jarimani onlayn toʻlash
Jarimani Payme, Click va bank ilovalari orqali onlayn toʻlasa boʻladi. Buning uchun toʻlov shakliga qaror raqami va summani kiritish kerak.
Qaror topshirilgan kundan boshlab 15 kun ichida jarimaning 50 foizini, 30 kun ichida esa 70 foizini toʻlash kifoya.
Jarima qaror chiqarilgan kundan boshlab 60 kun ichida toʻlanishi kerak. Aks holda uni Majburiy ijro byurosi undiradi, avtomobil esa jarima maydonchasiga olib ketilishi mumkin.
GAI jarimasi ustidan shikoyat qilish
Haydovchi jarima haqidagi qarorga rozi boʻlmasa, qaror nusxasini olgan kundan boshlab 10 kun ichida shikoyat qilishi mumkin.
Shikoyatni my.gov.uz portalidagi «Yoʻl harakati qoidalarini buzganlik uchun jarima yuzasidan shikoyat qilish» xizmati orqali, yuqori turuvchi GAI organiga yoki jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudiga berish mumkin. Shikoyat uchun davlat boji toʻlanmaydi. my.gov.uz orqali berilgan shikoyat 10 kun ichida koʻrib chiqiladi.
Quyidagi hollarda shikoyat qilish mumkin:
- kamera xato qilsa, masalan davlat raqamini notoʻgʻri aniqlasa;
- qarorda notoʻgʻri maʼlumot boʻlsa yoki u belgilangan tartibda topshirilmagan boʻlsa;
- avtomobil qoidabuzarlikdan oldin sotilgan yoki oʻgʻirlangan boʻlsa;
- rulda boshqa odam boʻlgan boʻlsa.
Shikoyatga videoregistrator yozuvi kabi dalillarni ilova qilish kerak.
Jarima xato yozilgan boʻlsa, YHXX call-markaziga +998 71 207-14-66 raqami orqali murojaat qilish mumkin (dushanbadan shanbagacha, 9:00-18:00). Inspektorlar ustidan shikoyatlar IIV ishonch telefoni 1102 orqali qabul qilinadi.
Qaror ustidan shikoyat berilgan boʻlsa, tez toʻlash uchun chegirma amal qilmaydi. Shikoyat rad etilsa, jarimani bu haqda xabar olingan kundan boshlab 30 kun ichida toʻlash kerak.
Jarima boʻyicha shikoyat uchun GAI telefonlari
| Hudud | Telefon |
|---|---|
| Toshkent shahri | +998 71 230-94-60 |
| Toshkent viloyati | +998 71 266-44-49 +998 95 170-09-09 |
| Andijon viloyati | +998 74 224-40-02 |
| Buxoro viloyati | +998 65 221-86-05 |
| Jizzax viloyati | +998 55 151-69-40 |
| Qashqadaryo viloyati | +998 75 221-23-26 |
| Navoiy viloyati | +998 95 364-71-42 |
| Namangan viloyati | +998 95 309-50-02 |
| Samarqand viloyati | +998 66 221-78-22 |
| Surxondaryo viloyati | +998 55 452-23-38 |
| Sirdaryo viloyati | +998 67 225-38-50 |
| Fargʻona viloyati | +998 73 241-57-16 |
| Xorazm viloyati | +998 62 224-56-12 |
| Qoraqalpogʻiston Respublikasi | +998 61 225-14-35 |
Avtomobilni boshqa odam haydasa
Avtomobildan boshqa odam muntazam foydalansa, egasi javobgarlikni unga oldindan «Yoʻl harakati qoidalarini buzganlik uchun javobgarlikni boshqa shaxsga oʻtkazish» xizmati orqali oʻtkazishi mumkin. Shunda kamera jarimalari haydovchiga keladi. Xizmat narxi BHMning 9 foizi.
Штраф текшириш онлайн, СМС ва Телеграм орқали
ГАИ штрафини онлайн текшириш бепул: жаримани ejarima.uz сайти ёки my.gov.uz портали орқали билиш мумкин.
ГАИ штрафини билиш Телеграмда ҳам мумкин: расмий @ejarimabot боти баённома бор-йўқлиги ва жарима тўланган-тўланмаганини кўрсатади.
Штраф текшириш СМС орқали пуллик: 8860 рақамига давлат рақами, бўш жой, сўнг техпаспорт серияси ва рақами юборилади.
Мошина штрафини текшириш учун давлат рақами ва техпаспорт (СМС) ёки паспорт рақами (E-Jarima) керак, фамилия бўйича текшириб бўлмайди. Жарима ҳақида UzEMI номидан, камера жарималари бўйича янги қарорлар ҳақида эса 6079 рақамидан СМС келади.
