Nihoyat Cobalt shartnomalari ochiladimi? UzAuto Motors shartnoma olish sayti yangilandi

UzAuto Motors UzAuto Savdo platformasining yangilangan versiyasini ishga tushirdi

UzAuto Motors Chevrolet avtomobillari uchun shartnomalarni rasmiylashtirishga mo‘ljallangan UzAvto Savdo onlayn platformasining yangilangan versiyasini rasman ishga tushirganini e’lon qildi.

UzAuto Motors UzAvto Savdo sayti yangilandi

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ushbu sayt texnik muammolar tufayli bir necha bor tanqid qilingan edi — foydalanuvchilar tizim ishdan chiqishi, avtorizatsiya muammolari va shartnoma olishning imkonsizligi bilan duch kelishgan.

Rasmiy relizga ko‘ra, yangilangan UzAutoSavdo platformasiga quyidagilar kiritilgan:

  • texnik xizmatga yozilish;

  • test-drayvga yozilish;

  • to‘liq yangilangan interfeys;

  • smartfonlarga moslashtirilgan dizayn;

  • soddalashtirilgan ro‘yxatdan o‘tish va kirish jarayoni;

  • yanada tushunarli va kengaytirilgan avtomobillar katalogi;

  • yaxshilangan navigatsiya va axborot tuzilmasi.

Alohida ta’kidlanishicha, endi butun xarid jarayoni — avtomobil tanlashdan boshlab, to‘lov va shartnoma olishgacha — to‘liq onlayn amalga oshiriladi. Avtosalonga faqatgina avtomobilni olib ketish uchun borish talab etiladi. Biroq maqola chop etilgan paytda shartnoma uchun onlayn to‘lov qilishning imkoni bo‘lmadi — aftidan, bu funksiya hali yashirin yoki faol emas.

Eng muhim savol esa ochiq qolmoqda: yangilangan tizim haqiqiy yuklamaga bardosh bera oladimi? Ayniqsa, zamonaviy va ommabop modellar — masalan, Cobalt Midnight uchun shartnomalar ochilganda…

Exit mobile version