Malibuga shartnomalar ochildi

UzAuto Motors Chevrolet Malibu XL uchun shartnomalarni ochdi — kontrakt UzAuto Savdo ilovasi va saytida rasmiylashtiriladi. Narx 419 million so‘m, yetkazib berish muddati — 3–4 oy.

Malibuga shartnomalar ochildi — narx 419 million so‘m

Chevrolet Malibu XL uchun shartnomalar yana ochildi. UzAuto Motors tomonidan taklif etilayotgan model — MALBDB 9AT LTZ — 419 000 960 so‘mdan sotuvga chiqarilgan.

Shartnoma rasmiylashtirish UzAuto Savdo ilovasi yoki rasmiy sayt orqali amalga oshiriladi. Yetkazib berish muddati taxminan 3–4 oy: avtomobillar 2025-yil sentabr–oktabr oylarida topshiriladi.

Yetkazib berish sanasi tanlangan rangga bog‘liq. Masalan, COSMONAUT MET-2 kabi yangi ranglar tezroq yetkaziladi, klassik qora rangda esa navbat uzoqroq bo‘lishi mumkin.

Malibu yana sotuvda — lekin uzoq kutilganidan keyin

Chevrolet Malibu XL’ning kontraktatsiyasi uzoq tanaffusdan so‘ng qayta boshlandi. Avvalgi bosqichda barcha shartnomalar 42 daqiqada tugagan edi: 29-may kuni soat 14:40da kontraktatsiya boshlangan, 15:22da esa shartnomalar tugaganligi e’lon qilingan. Necha dona avtomobil shartnoma asosida sotilgani ochiqlanmagan.

Shu paytgacha Malibu, Traverse va Tahoe modellari erkin sotuvdan olib tashlangan edi. Bu esa ba’zi mansabdorlar tomonidan Mercedes’dan voz kechib, “mahalliy ishlab chiqarilgan” avtomobillarga o‘tish fonida yuz bergan. Ayrimlari hatto Uzavtosanoat rahbariyatiga murojaat qilib, “mamlakatimizda ishlab chiqarilgan Chevrolet Tahoe ajratishda amaliy yordam berishingizni so‘rayman. To‘lov kafolatlanadi”, deya iltimosnoma yo‘llagan.

Exit mobile version