Hyundai Mufasa narxi va pozitsiyalari O’zbekistonda

2026-yil 4-iyuldan Toshkentdagi rasmiy Hyundai dilerlari yangi Hyundai Mufasa krossoveriga buyurtma qabul qila boshlaydi. Hyundai Mufasa narxi 349 million so’mdan boshlanadi, model uchta komplektatsiyada taklif etiladi. To’liq komplektatsiyalar va Hyundai Mufasa narxlari hyundai-mufasa.com saytida keltirilgan.

Birinchi xaridorlar Hyundai Mufasa’ni iyul oyi o’rtasida oladi

Hyundai Mufasanarxlari

Hyundai Mufasa narxi komplektatsiyaga qarab 349 milliondan 379 million so’mgacha o’zgaradi. Krossover uch xil jihozlanishda taklif etiladi: Active, Style va Exclusive. Quyidagi jadvalda Hyundai Mufasa narxlari to’liq keltirilgan.

Комплектации Hyundai MufasaActiveStyleExclusive
Цена (сум)349 млн369 млн379 млн
Фронтальные подушки безопасности для водителя и переднего пассажира
Боковые подушки безопасности спереди и шторки безопасности
Крепления детских сидений ISOFIX
Камера заднего вида с динамической разметкой
Система кругового обзора (SVM)
Система мониторинга «слепых» зон (BVM)
Система предотвращения столкновений в «слепой зоне» (BCA)
Ассистент удержания автомобиля в полосе движения (LKA)
Ассистент следования полосы движения (LFA)
Ассистент предотвращения столкновений спереди (FCA)
Антиблокировочная система тормозов (ABS)
Электронная система курсовой устойчивости (ESC)
Система помощи при старте на подъеме (HAC)
Система мониторинга давления в шинах (TPMS)
Датчики парковки сзади и спереди
Круиз-контроль с ручным ограничителем скорости
Датчик света
Климат-контроль с функцией очистки воздуха от мелких частиц
Подогрев передних сидений
Подогрев задних сидений
Электрообогрев рулевого колеса
Электрообогрев форсунок омывателя лобового стекла
Электропривод сиденья водителя
Беспроводная зарядка телефона
Система бесключевого доступа Smart Key и кнопка запуска двигателя
Система выбора режима движения автомобиля Drive Mode Select
Ручная регулировка рулевого колеса по высоте и вылету
Передние и задние электростеклоподъемники
Электронный стояночный тормоз EPB + Autohold
Светодиодные LED фары ближнего и дальнего света рефлекторного типа
Светодиодные LED дневные ходовые огни
Легкосплавные диски 18"
Повторители сигналов поворота в боковых зеркалах заднего вида
Электропривод двери багажника
Панорамная крыша
Мультимедийная система с дисплеем 12.3" с поддержкой Apple CarPlay | Android Auto
Панель приборов с дисплеем 4.2"
Панель приборов SuperVision с дисплеем 12.3"
Высокочастотные динамики
USB и USB (Type C) для зарядки внешних устройств
Коммуникационная система Bluetooth с голосовым управлением
Амбиентная подсветка
Крепление для планшета в спинке переднего пассажирского сиденья
Складывающееся вперед переднее пассажирское сиденье
Складывающаяся спинка заднего ряда сидений в пропорции 60:40
Подстаканники в подлокотнике задних сидений
Кожаная отделка рулевого колеса
Воздуховоды для задних пассажиров в центральной консоли
Кожаная обивка салона (экокожа)

Hyundai Mufasa dvigateli va texnik xususiyatlari

Barcha versiyalar bitta dvigatel bilan yetkazib beriladi: atmosferali Smartstream G 2.0 MPI. Uning ishchi hajmi 1999 sm³, quvvati 149 ot kuchi. Dvigatel klassik 6 pog’onali avtomat uzatmalar qutisi bilan juftlashtirilgan, tortish kuchi old g’ildiraklarga uzatiladi. Motor AI-92 benzinida ishlashga moslashtirilgan, 100 km/soatgacha tezlanish 10,7 soniyani oladi.

Hyundai Mufasa gabaritlari va klirensi

Hyundai Mufasa gabaritlari 4475 × 1850 × 1696 mm ni, g’ildiraklararo masofa (baza) esa 2680 mm ni tashkil etadi. Yerdan balandligi (klirens) 190 mm.

Active komplektatsiyasi narxi va jihozlari (349 mln so’m)

Bazaviy Active versiyasining narxi 349 million so’m, jihozlanishi bo’yicha esa u bo’sh emas. Tashqi tomondan u 18 dyuymli quyma disklar, reflektor tipidagi LED yaqin va uzoq yorug’lik faralari, LED kunduzgi yurish chiroqlari hamda yon ko’zgulardagi burilish takrorlagichlari bilan ajralib turadi.

Salonda 12,3 dyuymli multimedia tizimi o’rnatilgan (Apple CarPlay va Android Auto qo’llab-quvvatlanadi, interfeys rus va o’zbek tillarida), asboblar paneli esa 4,2 dyuymli ekranga ega. Ro’yxatda Bluetooth ovozli boshqaruv, USB va USB Type-C portlari, yuqori chastotali dinamiklar, sun’iy teri (ekoteri) salon qoplamasi hamda teri qoplamali rul bor. Amaliy jihatlar ham unutilmagan: old yo’lovchi o’rindig’i suyanchig’idagi planshet ushlagichi, oldga buklanadigan old yo’lovchi o’rindig’i, 60:40 nisbatda buklanadigan orqa o’rindiq va markaziy konsoldagi orqa yo’lovchilar uchun havo yo’llari.

Qulaylik bo’yicha Active’da qo’lda tezlik cheklagichli kruiz-kontrol, yorug’lik datchigi, mayda zarrachalardan havoni tozalash funksiyali klimat-kontrol, old va orqa o’rindiqlar isitgichi, rulning elektr isitgichi, haydovchi o’rindig’ining elektr yuritmasi, Smart Key kalitsiz kirish tizimi va dvigatelni tugma orqali ishga tushirish, Drive Mode Select harakat rejimlarini tanlash tizimi, old va orqa elektr oynalar hamda Autohold funksiyali elektron stoyanka tormozi (EPB) mavjud.

Xavfsizlik bazaviy versiyada ham to’liq yig’ilgan: haydovchi va old yo’lovchi uchun frontal yostiqchalar, old yon yostiqchalar va xavfsizlik pardalari, ISOFIX bolalar o’rindig’i mahkamlagichlari, ABS bloklanishga qarshi tizim, ESC yo’nalish barqarorligi tizimi, qiyalikda joyidan qo’zg’alish yordamchisi (HAC), shinalardagi bosim monitoringi (TPMS), old va orqa parkovka datchiklari hamda dinamik razmetkali orqa ko’rinish kamerasi.

Style komplektatsiyasi narxi va farqlari (369 mln so’m)

369 million so’mlik Style, Active’ning barcha jihozlarini saqlab qolgan holda, asosan xavfsizlik va yordamchi tizimlar bilan to’ldirilgan. Orqa ko’rinish kamerasi o’rniga bu yerda SVM atrofni aylanma ko’rish kameralari tizimi o’rnatilgan. Unga ADAS aqlli haydovchi yordami majmuasi qo’shiladi: ko’r nuqtalarni kuzatish (BVM), ko’r nuqtada to’qnashuvning oldini olish (BCA), yo’l chizig’ida ushlab turish (LKA) va unga ergashish (LFA) assistentlari hamda oldindagi to’qnashuvning oldini olish tizimi (FCA).

Ichki jihozlanish ham yaxshilangan: 4,2 dyuymli panel o’rniga 12,3 dyuymli SuperVision raqamli asboblar paneli, ambient yoritish va orqa o’rindiq tirsak tayanchidagi stakan ushlagichlari paydo bo’ladi. Bundan tashqari Style’da smartfon uchun simsiz zaryadlash va old oyna yuvgichi forsunkalarining elektr isitgichi mavjud.

Exclusive komplektatsiyasi narxi (379 mln so’m)

Eng yuqori Exclusive versiyasining narxi 379 million so’m. U Style ustiga faqat ikkita, ammo sezilarli element qo’shadi: suriladigan lyukli panoramali tom va bagajnik eshigining elektr yuritmasi. Qolgan jihozlar bo’yicha u Style bilan bir xil.

Hyundai Mufasa kafolati va sotuv boshlanishi

Hyundai Mufasa’ga 5 yil yoki 150 000 km yurishga (qaysi biri avval yetib kelishiga qarab) kafolat beriladi. Birinchi avtomobillar iyul oyi o’rtalarida Toshkentdagi rasmiy Hyundai dilerlarida paydo bo’ladi, o’sha paytda xaridorlar test-drayvdan o’tishlari mumkin bo’ladi.

Exit mobile version