Endi avtomobil egalariga avtomobilni GAI (YHXB)da ro’yxatdan o’tkazish bo’yicha to’lovlarni amalga oshirish ancha qulaylashdi. Mashhur to‘lov ilovasi Click yangi funksiyani ishga tushirdi — u orqali GAIdan kelgan SMS asosida mashina rasmiylashtirish uchun yuborilgan invoislarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘lash mumkin bo‘ladi.
Yangi imkoniyat: invoisni nusxalab, to‘lovni ikki bosqichda yakunlang
Click ilovasining «Mening avtomobilim» bo‘limida joylashgan yangi «Ro‘yxatdan o‘tkazish» xizmati orqali GAI tomonidan yuborilgan invoislar uchun to‘lovlar endi ikki bosqichda amalga oshiriladi. Foydalanuvchi 6079 raqamidan kelgan SMSdagi matnni ilovaga joylaydi — Click avtomatik tarzda invoislarni ajratadi va to‘lovni taklif qiladi.
Qanday ishlaydi?
-
YHXB (GAI) tomonidan telefoningizga 6079 raqamidan SMS yuboriladi.
-
SMSda transport vositasi uchun shakllantirilgan to‘lovlar ro‘yxati bo‘ladi (masalan: davlat raqami + summa).
-
Siz ushbu matnni Click ilovasiga joylashtirasiz.
-
Tizim avtomatik tarzda barcha invoislarni aniqlaydi va to‘lovni bir necha soniyada yakunlash imkonini beradi.
🔗 Tezkor havola orqali kirish: promo.click.uz/2HUz/Click
Qanday to‘lovlar mavjud?
-
Davlat raqamini rasmiylashtirish (nomerni rasmiylashtirish)
-
Avtomobilni hisobga qo‘yish (ro‘yxatga olish)
-
Boshqa YHXB xizmatlari uchun to‘lovlar