UzAuto Motors oddiy Damas’ni banksiz, bo’lib to’lashga sota boshladi. Narxining yarmini oldindan to’laysiz, qolganini 24 oy davomida to’lab borasiz.
Damas 0% ustama bilan, chegirmasiz narxda sotiladi. Bu shart eski Damas’ning Van, Combi va Delux versiyalariga amal qiladi, Labo’ga esa yo’q.
Damas bo’lib to’lashda qancha turadi
Oddiy Damas narxi 93 156 000 so’mdan boshlanadi, eng arzoni yuk tashiydigan Van.
| Damas narxi 2026 | Narxi |
|---|---|
| Damas Van (D11, yuk) | 93 156 000 so’m Boshlang’ich to’lov 46 578 000 so’m |
| Damas Combi (D3 Style) | 96 449 000 so’m Boshlang’ich to’lov 48 224 500 so’m |
| Damas Delux (D2 Style Plus, yo’lovchi) | 96 932 000 so’m Boshlang’ich to’lov 48 466 000 so’m |
| Yangi Damas Max Van 1.2 LV0 | 134 439 000 so’m |
| Yangi Damas Max Van 1.5 LV0 | 142 471 000 so’m |
| Yangi Damas Move 1.2 LV0 | 139 675 000 so’m |
| Yangi Damas Move 1.2 LV1 | 144 563 000 so’m |
| Yangi Damas Move 1.5 LV0 | 149 011 000 so’m |
| Yangi Damas Move 1.5 LV1 | 154 128 000 so’m |
Oylik to’lovlar:
- Damas Van: oyiga 1 940 750 so’mdan
- Damas Combi: oyiga 2 009 354 so’mdan
- Damas Delux: oyiga 2 019 417 so’mdan
Yangi Damas Max va Move bu shartga kirmaydi, yangi Damas narxi 134 439 000 so’mdan boshlanadi.
Eski Damas’ga 2026-yilda qanday chegirmalar bo’ldi
Aprel boshida, yangi Damas Move va Max xaridorlarga topshirila boshlagan kunlari, eski Damas’ni to’liq to’lab olganlarga 5 mln so’m chegirma berildi.
O’sha kunlari 0,8 litrli karbyuratorli Damas «Toza havo» dasturi bo’yicha sariq ekostiker olishi ma’lum bo’ldi.
Avgustda chegirma 15 mln so’mga yetdi, Damas Van 78 156 000 so’mga sotildi. Chegirma 10-sentabrgacha amal qildi.
Endi chegirma o’rniga Damas’ni banksiz, 0% ustama bilan bo’lib to’lab olsa bo’ladi.