Cobalt shartnomalari qachon ochiladi?

2025-yilda UzAuto Motors Chevrolet Cobalt uchun shartnomalarni qachon ochadi? Shu savolga javob izlaymiz.2025-yilda UzAuto Motors Chevrolet Cobalt uchun shartnomalarni qachon ochadi? Shu savolga javob izlaymiz.

Oxirgi shartnoma berilganidan buyon 7 oy o’tdi. UzAuto Motors allaqachon bir necha yildirki, «eski O’zbekiston» uslubiga qaytdi — Cobalt uchun shartnomalar ochiq savdoda mavjud emas. Buning sababi — navbatlarni kamaytirish.

Ammo bu choralar kutilgan natijani bermadi: aksincha, avtomobil kutish muddati yanada cho‘zildi — 2024-yildagi 4–5 oydan hozirda 7 oygacha uzaygan.

Shu bilan birga, sotuvchilarning foydasi ham sezilarli darajada kamaydi — hozirda ular bir mashinadan atigi 500–600 dollar daromad ko‘rmoqda.

UzAuto Motors Cobalt shartnomalarini qachon ochadi?

2025-yil may oyida UzAuto Motors 2024-yil shartnomalari bo‘yicha barcha majburiyatlarini bajarib bo‘ldi va 7- hamda 16-yanvarda tuzilgan yangi shartnomalar bo‘yicha avtomobillar ishlab chiqarishni boshladi. Ushbu ikki kunda jami 90 mingga yaqin Chevrolet Cobalt shartnomasi tuzilgan. Zavodning yillik ishlab chiqarish quvvati 150 mingta avtomobil atrofida.

Agar ushbu shartnomalarning 70 foizi haqiqatan ham to‘langan bo‘lsa, hozirgi ishlab chiqarish hajmi (oyiga 10–13 ming dona) asosida zavod yanvar shartnomalarini oktyabr oyiga qadar yakunlashi mumkin. Bunda avgustdagi profilaktika tanaffusi ham hisobga olingan.

Demak, yangi Cobalt shartnomalari avgust yoki sentabr oylarida paydo bo‘lishi mumkin.

Autostrada taxminiga ko‘ra, avgust va sentabr oylarida kichik partiyalardagi Cobalt avtomobillari savdoga chiqariladi — yil oxirigacha zavodni to‘liq yuklash maqsadida. Noyabr–dekabr oylarida esa narxlarning oshirilishi e’lon qilinishi va 2026-yil uchun yangi shartnomalar berilishi mumkin.

Cobalt Narxi

Chevrolet Cobalt Narxi 2025Цена (сум)
COBALT GX-OPTIMA АТ PLUS (2 позиция c АКПП)

Комплектация Style Plus на штампованных стальных 14" дисках.
Нет серебристой накладки на руле.

Опции Style: тонировка заднего стекла, защита моторного отсека и двигатель, адаптированный для установки ГБО и работе на газу (метан).
AKO/AJW тонированное заднее лобовое стекло
0GE Адаптированный двигатель, приспособленный для установки газобаллонного
146,455,000 сум
с магнитолой
COBALT GX-Style Plus AT

Комплектация LTZ
алюминиевые диски (1JX69 - литые диски в новом дизайне) R15, автоматическая трансмиссия; V22 хромированная решетка радиатора, 5HC хромированный молдинг заднего бампера
Опции: C60 US8 TZC MH9
1JX69 - литые диски в новом дизайне
Тонировка заднего стекла, защита моторного отсека и двигатель, адаптированный для установки ГБО и работе на газу (метан).
AKO/AJW тонированное заднее лобовое стекло
0GE Адаптированный двигатель, приспособленный для установки газобаллонного оборудования
NV1 защитник картера
Тонированные стекла задних дверей
147,916,000 сум
с магнитолой
Cobalt Midnight

Комплектация Style Plus AT, отличия: черные диски, тонированные фары, черные накладки на зеркалах.
155,231,000 сум
с магнитолой

Katta ehtimol bilan, savdoga faqat eng qimmat — yangilangan Cobalt Midnight versiyasi qaytadi. Bu orqali UzAuto Motors narxni yashirin tarzda oshirish imkoniga ega bo‘ladi, yangi opsiyalar — qora disklar, qoraytirilgan chiroqlar va yaltiroq ko‘zgu qoplamalari orqali asoslab beriladi. Kosmetik yangilanishlar xarajatlari qisman yetkazib beruvchilarga yuklatiladi, bu esa ishlab chiqarish tannarxini pasaytiradi.

Eslatib o‘tamiz, Cobalt narxi deyarli ikki yildan beri o‘zgartirilmagan. Agar narx oshiriladigan bo‘lsa, UzAuto Motors yangi narxlarni sotuv boshlanishidan kamida 15 kun oldin e’lon qilishi shart.

Exit mobile version