UzAuto Motors 3-noyabr kuni Chevrolet Cobalt uchun shartnomalarni ochadi — xaridorlar avtomobilni faqat onlayn tarzda, uzavtosavdo.uz sayti yoki UzAvtoSavdo ilovasi ( iOS, Android ) orqali rasmiylashtira oladilar.
Yangi Chevrolet Cobalt shartnomalari 3-noyabrda ochiladi
Savdoga jami to‘rtta komplektatsiya chiqadi, shartnomalar soat 10:00 dan boshlab beriladi.
UzAuto Motors Cobalt uchun shartnomalarni ochishga hozirlik ko‘rmoqda — deyarli barcha yirik diler markazlariga yangi opsiyalarga ega Cobalt’larning namunalari yetkazib berildi.
Qaysi Cobalt pozitsiyalar chiqadi
3-noyabr kuni Cobalt’ning avvalgi komplektatsiyalari bilan birga yangilangan MCM versiyalari ham sotuvga chiqadi:
| Цена Chevrolet Cobalt Narxi 2026 | |
|---|---|
| Chevrolet Cobalt Style MCM 1,5 л, АКПП-6 Кондиционер, литые диски, противотуманные фары, мультимедиа с дисплеем 7" и Bluetooth, кнопки на руле, круиз-контроль, подогрев передних сидений, мотор адаптирован под газ, защита картера. | 156 100 000 сумов 146 100 000 сумов при оплате сразу |
| Chevrolet Cobalt Midnight MCM 1,5 л, АКПП-6 Как Style MCM, отличия: черные диски и зеркала, черные вставки на руле, фары с матово-серой отделкой, серая окантовка задних фонарей, кожаная обивка сидений. | 165 200 000 сумов |
Shartnoma tuzish jarayoni faqat onlayn tarzda amalga oshiriladi — uzavtosavdo.uz sayti yoki UzAvtoSavdo mobil ilovasi orqali.
3-noyabr kuni barcha Chevrolet diler markazlari yopiladi va UzAuto Motors savdo tizimidan uziladi.
Yangilangan Chevrolet Cobalt 2025 endilikda Yevro-5 ekologik standartiga javob beradigan dvigatelga ega bo‘ladi. Avvalroq AutoStrada dvigatel Yevro-2 standartida bo‘lishi haqida xabar bergan edi — texnik xatolik uchun o‘quvchilardan uzr so‘raymiz.
Chevrolet Uzbekistan o‘zining Telegram-kanalida yangi Cobalt dvigateli Yevro-5 talablariga mos bo‘lishini, biroq EGR klapani bilan jihozlanmasligini ko‘rsatgan video e’lon qildi.
Yangi dvigatel haqida ma’lum bo‘lganlar:
- Indeksi: B12D2 L2B (avval eksport uchun L2C, ichki bozor uchun LM9)
- EBU: E64
- GBTs: alyuminiy, ikki taqsimlash vali bilan — kirish va chiqish bosqichlarida o‘zgaruvchan fazalar tizimi mavjud
- Silindr bloki: cho‘yan
- Yoqilg‘i: benzin (AI-95, shuningdek AI-91/98) yoki gaz
