UzAuto Motors Chevrolet Cobalt avtomobillarining O‘zbekiston bo‘yicha barcha rasmiy dilerlik markazlarida savdoga chiqarilganini rasman e’lon qildi.
Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, onlayn-shartnomalardan tashqari, dilerlik markazlariga realizatsiya uchun 6 000 dona Cobalt avtomobili yuborilgan. Endilikda istalgan mijoz o‘ziga qulay dilerlik markazini tanlab, mavjud avtomobillar orasidan Cobalt xarid qilishi mumkin.
2025-yil 20-noyabr holatiga ko‘ra:
-
Dilerlik tarmog‘iga 2 624 dona Chevrolet Cobalt yetkazib berilgan
-
Shundan 1 969 tasi sotilib, mijozlarga topshirilgan
-
Yana 6 000 ga yaqin avtomobil yo‘lda, dilerlik markazlariga yetkazilmoqda
UzAuto Motors ta’kidlaydi: dilerlar orqali savdolar onlayn-shartnomalar bo‘yicha majburiyatlarning bajarilishiga ta’sir qilmaydi.
Noyabr oyida yetkazilishi kerak bo‘lgan avtomobillarning yarmidan ko‘pi allaqachon mijozlarga topshirilgan.
Kompaniya shuningdek, 15-dekabrgacha dekabr 2025 va yanvar 2026 muddatlariga mo‘ljallangan avtomobillarni ham jadvaldan oldin tayyorlab qo‘yishni rejalashtirgan.
Sotuvlar yagona tizim orqali amalga oshiriladi
Hozirda barcha avtomobillar:
-
UzAuto Motors’ning yagona elektron tizimi orqali,
-
QR-kodli shartnomalar asosida,
-
Rasmiy dilerlar tomonidan sotilmoqda.
