UzAuto Motors yangi Cobalt versiyalarini taqdim etdi: Style MCM va Midnight MCM Narxlari E’lon Qilingan
UzAuto Motors Chevrolet Cobalt modelining ikki yangi komplektatsiyasi — Style MCM va Midnight MCM — uchun narxlarni e’lon qildi. Ular mavjud ikkita versiyani to‘ldiradi.
| Цена Chevrolet Cobalt Narxi 2026 | |
|---|---|
| Chevrolet Cobalt Style MCM 1,5 л, АКПП-6 Кондиционер, литые диски, противотуманные фары, мультимедиа с дисплеем 7" и Bluetooth, кнопки на руле, круиз-контроль, подогрев передних сидений, мотор адаптирован под газ, защита картера. | 156 100 000 сумов 146 100 000 сумов при оплате сразу |
| Chevrolet Cobalt Midnight MCM 1,5 л, АКПП-6 Как Style MCM, отличия: черные диски и зеркала, черные вставки на руле, фары с матово-серой отделкой, серая окантовка задних фонарей, кожаная обивка сидений. | 165 200 000 сумов |
Cobalt shartmomalar qachon mavjud?
Yangi Cobalt uchun shartnoma tuzish 3-noyabrdan boshlanadi. Shu bilan birga, avvalgi komplektatsiyalar ham eski narxlarda sotuvda qoladi.
Ishlab chiqarish va texnik yangiliklar
UzAuto Motors Cobalt modelining yangilangan seriyali ishlab chiqarilishini boshlaganini ma’lum qildi. Zavod ma’lumotiga ko‘ra, avtomobilning 50 dan ortiq komponenti yangilandi. Shular jumlasiga dvigatel boshqaruv bloki, gaz taqsimlash va elektron boshqaruv tizimi, shuningdek ABS, xavfsizlik yostiqchalari va signalizatsiya modullari kiradi. Diagnostika tizimi ham qayta ishlab chiqilgan.
Yangi funksiyalar
Har ikkala versiyada ilgari Cobalt’da mavjud bo‘lmagan funksiyalar paydo bo‘ldi:
– kruiz-nazorat;
– old o‘rindiqlarni isitish tizimi;
– Android Auto va Apple CarPlay qo‘llovchi sensorli multimedia tizimi;
– yangi rul va boshqaruv tugmalari;
– yangilangan asboblar paneli.
Dizayn va komplektatsiyalar
Midnight MCM versiyasi qoramtir uslubda tayyorlangan: qora disklar, oynalar va qoraytirilgan optika bilan birga salon to‘liq qora rangda bajarilgan. O‘rindiqlar ekologik charm bilan qoplangan va yangi tikuv dizayniga ega.
Cobalt Narxi
| pozitsiya | Narx (so‘m) |
|---|---|
| Cobalt Style MCM | 156 100 000 |
| Cobalt Midnight MCM | 165 200 000 |
| Cobalt Style AT Plus | 147 916 000 (o‘zgarmagan) |
| Cobalt Midnight AT | 155 231 000 (o‘zgarmagan) |
Shartnoma tuzish tartibi
Yangi Cobalt Style MCM va Cobalt Midnight MCM uchun shartnomalar 3-noyabr 2025 yildan boshlab barcha Chevrolet diler markazlarida ochiladi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, shartnomalarni faqat avtosalonlarda rasmiylashtirish mumkin bo‘ladi — onlayn shartnoma tuzish imkoniyati bekor qilinadi.
