UzAuto Motors va Tenge Bank hamkorlikda Damas, Chevrolet Tracker va Onix uchun imtiyozli avtokredit taklif qilmoqda. Bu kreditni rasmiy daromadga ega bo‘lganlar ham, o‘zini o‘zi band qilgan (masalan, taksist, xizmat ko‘rsatuvchilar) fuqarolar ham olishi mumkin.
Avtomobillar chegirmasiz, to‘liq narxda sotilyapti
Lekin avtomobillar chegirmasiz, to‘liq narxda sotiladi. Ya’ni arzonlashtirilgan kredit bor, lekin mashina narxi pasaytirilmaydi.
Kredit faqat yangi Damas, Tracker yoki Onix uchun beriladi. Arizani Tenge24 ilovasi orqali onlayn yuborish mumkin yoki bank bo‘limiga borib rasmiylashtirish mumkin.
Kredit olish kimlarga mumkin?
Agar sizda ish joyidan daromad haqida ma’lumotnoma bo‘lsa, sizga yanada past foizli shartlar taklif qilinadi. Rasmiy daromadi yo‘qlarga ham kredit beriladi, lekin foizlar biroz balandroq bo‘ladi.
Misol uchun, o‘zini o‘zi band qilganlar 24 oy muddatga 40 yoki 50 foiz boshlab to‘lov bilan 0% stavkada kredit olishlari mumkin. 36 oyga — 4,9% yoki 8,5%. Eng uzun muddat — 60 oy, unda foiz 9,9–12,5% oralig‘ida bo‘ladi.
Rasmiy daromadi borlar uchun esa yanada qulay shartlar mavjud. 13 oydan 28 oygacha bo‘lgan muddatlar uchun ko‘plab variantlarda foiz 0%. Uzunroq muddatlarda esa stavka 4,9 foizdan boshlanadi va 14,9 foizgacha boradi — bu boshlang‘ich to‘lovingizga bog‘liq.
Ish joyidan oylik daromad ma’lumotnoma bilan shartlar
Muddat | 26% | 30% | 35% | 40% | 50% |
---|---|---|---|---|---|
13 oy | 0% | 0% | 0% | 0% | 0% |
15 oy | — | 0% | 0% | 0% | 0% |
17 oy | — | — | 0% | 0% | 0% |
24 oy | 7,9% | 3% | 2% | 0% | 0% |
28 oy | — | — | — | — | 0% |
36 oy | 12,9% | 10,9% | 9,9% | 8,5% | 4,9% |
48 oy | 13,9% | 12,9% | 11,9% | 10,9% | 7,9% |
60 oy | 14,9% | 13,9% | 13,5% | 12,5% | 9,9% |
Rasmiy daromadi yo‘qlarga (o‘zini-o‘zi band qilganlarga) shartlar:
Muddat | 40% boshlab to‘lov | 50% boshlab to‘lov |
---|---|---|
24 oy | 0% | 0% |
36 oy | 8,5% | 4,9% |
48 oy | 10,9% | 7,9% |
60 oy | 12,5% | 9,9% |
Onix Narxi
Model | Narx (so‘m) |
---|---|
LS MT | 176 900 000 |
1LT MT | 180 761 000 |
3LT MT | 184 750 000 |
LTZ Turbo AT | 199 899 840 |
Premier 1 Turbo AT | 211 994 720 |
Premier 2 Turbo AT | 219 580 480 |
Premier 2 Turbo AT PLUS | 221 640 160 |
Premier 2 Turbo AT PLUS (wo C68) | 219 692 480 |
Turbo AT Redline | 230 624 800 |
Tracker Narxi
Model | Narx (so‘m) |
---|---|
TRK LS PLUS | 220 951 360 |
TRK LTZ PLUS | 244 108 480 |
TRK PREMIER PLUS | 272 656 160 |
TRK Premier PLUS (wo C68) | 270 696 160 |
TRK REDLINE | 282 474 080 |
Damas Narxi
Model | Narx (so‘m) |
---|---|
D11 STYLE (Van) | 93 156 000 |
D3 STYLE (Combi) | 96 449 000 |
D2 STYLE PLUS (Delux) | 96 932 000 |