Aprel oyida O‘zbekistonda 13,5 mingta Chevrolet Cobalt sotildi

Yangi avtomobil savdolari: Chevrolet Cobalt bozorda yetakchi, BYD va Kia ulushlarini oshirmoqda

Aprel oyida O‘zbekistonda 13,5 mingta Chevrolet Cobalt sotildi — bu rasmiy avtomobil bozorining 43% ulushini tashkil etadi. Yirik ishlab chiqaruvchi UzAuto Motors bozordagi yetakchiligini saqlab qolayotgan bo‘lsa-da, Kia va BYD brendlari ulushlarini sezilarli darajada oshirmoqda.

Umuman olganda, aprel oyida O‘zbekistonda 31,5 mingta yangi avtomobil sotildi, shundan 82% Chevrolet’ga to‘g‘ri keladi. Kia va BYD har biri bozorning 6% ulushini egallagan bo‘lsa, Chery va Haval mos ravishda 2,7% va 2,3% ko‘rsatkichlarga ega.

O‘zbekistondagi yangi avtomobillar bozori: aprel 2025 yil

Brend Yillik savdo Bozor ulushi
Chevrolet 25,956 82.46%
Kia 1,929 6.13%
BYD 1,908 6.06%
Chery 851 2.70%
Haval 717 2.28%
Hyundai 63 0.20%
Boshqalar 52 0.17%
Jami 31,476

Kobalt va Damas — narxi maqbul moshinalar yetakchisi

Chevrolet Cobalt arzon sedanlar segmentida deyarli raqobatchisiz, Damas esa biznes transporti sifatida mutlaq yetakchi.

Chevrolet, Kia, BYD, Chery va Haval modellari haqida batafsil ma’lumot uchun may oyidagi aksiyalar ro‘yxatini ko‘rib chiqing.

Eng ko‘p sotilgan modellar (aprel 2025)

  1. Chevrolet Cobalt — 13,487 dona

  2. Chevrolet Tracker — 3,204 dona

  3. Chevrolet Onix — 1,616 dona

  4. Kia Sonet — 1,309 dona

  5. BYD Song Plus Champion DMI — 550 dona

  6. BYD Yuan Up — 440 dona

  7. BYD Chazor — 366 dona

  8. Haval M6 — 356 dona

  9. Chery Arizo 6 Pro — 330 dona

  10. BYD Song Pro DMI — 327 dona

Exit mobile version